Navas Donnarummaning transferiga qaramay, PSJda qoladi
14 iyu 2021 18:24
Yangiliklar
Navas Donnarummaning transferiga qaramay, PSJda qoladi
Kosta-rikalik darvozabon PSJdan ketishni rejalashtirmayapti.
Donnarummaning Parij klubiga o'tishiga qaramay, rahbariyat 34 yoshli Navasni sotuvga qo'yishni ko'rib chiqmayapti va hattoki uning yangi mavsumda bosh darvozabonligiga ham o'zgartirish kiritmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, 30 iyunda "Milan" bilan shartnomasi yakunlangan Janluiji Donnarumma tez orada Franciya klubiga o'tadi.
Navasning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar