"Nasaf"ning Turkiyadagi nazorat uchrashuvlari soni ikkitaga kamaydi
22 jan 2014 11:50
Yangiliklar

"Nasaf"ning Turkiyadagi nazorat uchrashuvlari soni ikkitaga kamaydi
Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazayotgan "Nasaf" jamoasi ettita nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejaga kiritgan edi.
Ammo bu nazorat uchrashuvlari soni keyinroq ikkitaga kamaytirildi. Avval rejalashtirilgan Janubiy Koreyaning "Poxang Stilerz" va Rossiyaning "Spartak-Nalchik" jamoalariga qarshi uchrashuvlar o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Bugun yani 22 yanvar kuni "Nasaf" jamoasi Ukrainaning "Vorskla" futbol klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi, o'yin bizni vaqt bilan kech soat 18:00da boshlanadi. 25 yanvar kuni esa Ukrainaning yana bir klubi "Karpati" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bundan oldingi bo'lib o'tgan uchta nazorat uchrashuvida ham "ajdarlar" g'alaba qozonishgandan xabardorsiz. Antaliyadagi yig'in shu kuni tamomlanadi va jamoa 26 yanvar kuni yurtimzga qaytib keladi.
Qisqa tanaffusdan so'ng, yani 30 yanvar kuni xorijdagi ikkinchi yig'inni o'tkazish uchun "Nasaf" jamoasi BAAning SHarja shahriga jo'nab ketishadi. U erda o'tkaziladigan bitta nazorat uchrashuvi bizga malum, ushbu nazorat uchrashuvi 2 feral kuni Rossiyaning "Ural" jamoasiga qarshi bo'ladi.
OCHL-2014 pley off uchrashuvini o'tkazish uchun esa BAAdan Qatarning Doha shahriga borishadi. O'zingizga malum uchrashuv 8 fevral kuni Doha shahridagi "Qatar SK" stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar