"Nasaf"ning OCHL-2014 pley-offidagi raqibi yana mag'lub bo'ldi
12 dek 2013 16:01
Yangiliklar

"Nasaf"ning OCHL-2014 pley-offidagi raqibi yana mag'lub bo'ldi
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi Osiyo chempionlar ligasi pley-offi doirasida 8 fevral kuni Qatarning "Al Jayish" klubiga qarshi o'ynaydi.
Kecha Qatar yulduzlar ligasi 12-turida "Al Jayish" klubi safarda "Ar Rayyan" mehmoni bo'lib mavsumdagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Rezvan Luchesku shogirdlari o'tgan turda mavsumdagi ilk mag'lubiyatni "Al Ahli"dan (2:3) qabul qilib olishgandi. "Jayish" kecha "Ar Rayyan"ga 0:1 hisobida yutqazdi.
"Al Jayish" hamon "Al Sadd" bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda. Ikkala jamoa hisobida 24tadan ochko mavjud. "Nasaf"ning raqibi keyingi turni 15 dekabr kuni "Al Xor"ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.
Qatar yulduzlar ligasi musobaqa jadvali
"Ar Rayyan" - "Al Jayish" 1:0
Gol: Rodrigo Tabata 9.
"Al Jayish": Saud Muborak, Rami Fayoz, Anderson Martins, Murad Naji, Vesam Riziq, Vagner Ribeyro, Xolid Al Zreyki (Seul Ki Go, 46), Matnani (Mohir Yusuf, 74), Majid Muhammad, Kalu Uche, Muhammad Jedo (Kembo-Ekoko, 60).
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar