So’nggi yangiliklar

16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  2 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1 15:11"Арсенал" "Евро"да порлаган туркияликни ўз сафида кўрмоқчи  2 14:38"Манчестер Юнайтед" Коул Палмерни сотиб олмоқчи  4 14:12"Челси" "Атлетико"нинг Олимпиададаги ҳужумчисини сотиб олмоқчи  2 13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  3 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  3 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  7 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  4

"Nasaf"ga Davlatov, "Paxtakor"ga Babayan kerak-mi? Yangiliklar

"Nasaf"ga Davlatov, "Paxtakor"ga Babayan kerak-mi?

Teglar :  BabayanDavlatov
Yaqinda Tachmurod Agamurodov bilan qilgan suhbatim davomida Babayan mavzusini ko'tardim. O'sha paytlarni, SHamakovich quyidagicha esladi:

2001 yil "Paxtakor"ga kelganimda Samvel juda yosh edi. O'zi futbol internatida o'qigan. "Navbahor"ni chempion bo'lishida yordam bergan mutaxassislardan biri edi. U bilan ishlagan yillarimni yaxshi eslayman. Botir Rahimov eng katta rahbarimiz edi. Klubga barcha sharoitlarni yaratib berdi. "Paxtakor" qatorasiga chempionliklarni qo'lga kiritdi. Bunda hammaning mehnati birdek edi. Samvel keyinchalik murabbiylik faoliyatiga o'tdi. Bugun O'zbekistonda murabbiylar juda ko'p. Lekin u kabi menedjerlar juda ham oz. SHuning uchun u yana biron klubda murabbiy emas, menedjer sifatida ish boshlasa foydadan holi bo'lmaydi.


Kuni kecha Yangierga borganimda, mahalliy murabbiylar Bayjanovich haqida esladilar.


Lutfillo To'raev, Davron Xoshimov va Ilhom Suyunov kabi futbolchilarni Davlatovlar oilasining xizmati katta bo'lgan. Aynan shu odamlar borligida Yangierdan futbolchilar chiqib turgan edi. Bazamiz bo'lsa, bor. Ularga rahmat aytamiz, bolalar uchun bepul foydalanishga berishadi. Agar bu kabi mutaxassislar yana klubimizni rivojlantirsa Sirdaryoda ham ko'p narsa o'zgargan bo'larmidi?


O'sha yillar Bahrom Davlatov "Yangier" jamoasi bilan ovora edi. Davlatovlar oilasi 6 nafar o'g'ildan iborat. Ularning barchasi keyinchalik futbolchi bo'lganlar. Bu ikki mutaxassisning davri 2000 yillardan keyin jo'sh ura boshladi. Biri Qashqadaryoga mustahkam joylashib oldi, ikkinchisi "Paxtakor"ga. Aynan shu qarama-qarshiliklar natijasida O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari birin ketin muvaffaqiyat qozondilar. O'FF bilan birgalikda bir necha marotaba JCHda qatnashdilar. Davlatov "Mashal" va "Nasaf"da. "Nasaf" tarixidagi gultoji bo'lgan OFK Kubogini qo'lga kiritilishida aynan Davlatovning xizmatlari katta bo'lgan. Nuriddin Zayniev va Alisher Sultonovlarning qo'llab-quvvatlashi natijasida, u ukrainalik mashhur mutaxassis Anatoliy Demyanenkoni "cho'l"ga olib kelgan edi. O'sha davrdagi transfer siyosatida faqatgina Boshkovich o'zini oqlamadi, lekin uzr-ku, bunday deya olmaymiz ham. Garchand oliy ligada gol ura olmagan bo'lsada, OFK Kubogining to'purari bo'lgandi.

2017-18 yillar davomida "Nasaf" va "Paxtakor" selekciya xizmatiga masullar mana shu ikki klub tarixidagi eng yomon selekciya siyosatiga sababchi bo'ldilar. "Nasaf"chilar ketadiganlar o'rnini to'ldira olmadi va eng asosiy futbolchilarni ketib qolishini oldini ola bilmadi. "Paxtakor" esa juda ko'plab o'yinchilarni oldi va ulardan na chempionlik, na Kubok yo'lida foydalana olamdi.

"Paxtakor"ning O'zbekiston Kubogi finalidagi boshlang'ich tarkibini bir ko'ring. "Nasaf"dan kelganlar va legionerlarni qo'shganingizda 9 kishi. Masharipov ham 2017 yilgi mavsumni "Lokomotiv"da o'tkazgan. Faqatgina Vladimir Kozak maydonda "eski" edi. "Nasaf" futbolchilarning saviyasiga hech kim shubha qilmaydi. Lekin, "Paxtakor"ni o'z tarixi, o'yini, sadoqatli futbolchilari bor edi. Bularga esa chiqish eshiklari ko'rsatildi. SHerzod Karimov kelganlar ichida kuchsizmi? Davron Xoshimovni nimasidir bor-ki, Kuper uni terma jamoaga jalb qildi. "Navbahor" mavsumni alo tarzda o'tkazayotganining zamirida Karimov va Xoshimovlarning xizmati. Ular bor yo'g'i uch ochkoga ortda qolayaptilar sherlardan.

"Paxtakor"ning selekciya xizmati hech qachon bu yilchalik yomon ishlamagan! Toshkentda bekor yurgan Anzur Ismoilov haqida bilmadimi klub? Ayni paytda "Paxtakor", "Lokomotiv"ga qaraganda boyroq, demak Anzurga "Loko"dan ko'ra yaxshiroq taklifni berishi mumkin edi. Aynan Anzur Ismoilov chempionlik o'yinida jamoasiga uch ochko keltirdi. "Paxtakor" selekcionerlarining asosiy maqsadi "Nasaf"ni kuchsizlantirish edi go'yo, jamoani kuchaytirish emas. Yoppasiga hech qachon yangitdan jamoa tuzib bo'lmaydi. O'sha 2001 yilda ham murabbiylar 4-5 nafar eski o'yinchilarni saqlab qolgan edilar. Qolaversa bugungi siyosat o'rinbosarlarga asosiy tarkib eshigini yopdi. Yaxshiboev bugun MTJdan chaqiruv olgan bo'lar edi, agar yil davomida asosiy tarkibda ko'proq o'ynaganida.

Qisqasi, "Nasaf" va "Paxtakor"dagi muvaffaqiyatsizliklar nafaqat murabbiylar, balki selekciyachilarning ham zimmasida. Aziz G'anievni sotish orqali CHeran va Jasur Hasanovni Qarshida olib qolish mumkin edi. Kechagi kubok o'yinida Jasurni AGMKga foydasi juda katta bo'ldi. "Nasaf" ham, "Paxtakor" ham kuchli boshqaruvchining xizmatiga muxtoj. Balki bu Babayandir, balki u Davlatov. Bu erkin fikr xolos. Bizga qolsa undan ham kuchli mutaxassislar kelgan holda, o'zbek futboliga foyda bersa bo'ldi.

Bu yillari "Paxtakor" qiyinchilik bilan bo'lsada O'zbekiston chempioni bo'ldi. O'sha davrni yodga olgan jamoaning ashaddiy muxlisi kechagi finaldan keyin quyidagicha "post" qoldirdi.

"Puli yo'q, 6 oylab maosh olmasdan o'ynab yurgan, Rivaldosi bor qudratli jamoalarga ham teppa-teng qarshilik qilib yurgan, futbolkasidagi klub emblemasi hurmati uchun jon olib, jon berib yurgan futbolchilar bo'lgan "Paxtakor"imni sog'indim!".

To'g'ri, bu ikki mutaxassisni ko'pchilik "qora gaplar" bilan eslaydi. Lekin, ularni futbolga qo'shgan xissalari ham yo'q emas. Menimcha, bularga faqat menedjerlikni taqdim etgan holda biron klubni rivojlantirish missiyasini ishonib topshirsa bo'ladi. 

Bu maqolada "Paxtakor" va "Nasaf", "Mashal" muxlislarining fikrlarini kutib qolamiz.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика