“Nasaf” jamoasi bugun Qarshida yig'inni boshlaydi
15 dek 2014 12:28
Yangiliklar

“Nasaf” jamoasi bugun Qarshida yig'inni boshlaydi
Avval xabar berganimizdek, bugun “Nasaf” klubi futbolchilari Qarshi shahridagi o'z bazasida yig'ilishadi.
“Nasaf” futbol klubi uchun kelasi yilgi mavsum juda masuliyatli hisoblanadi. Jamoa kelasi yili OCHL-2015 musobaqasini guruh bochqichidan boshlashi hammaga malum. Bu albatta jamoadan yanada katta kuch va g'ayrat talab qiladi. Zero, endi jamoa nafaqat voha futboli sharafini balki, xorijiy maydonlarda ham yurtimiz sharafini ham himoya qiladi.
Jamoa oldida turgan mana shunday masuliyatli vazifalarni ko'ngildagidek bajo keltirish uchun bugundan tayyorgarliklar boshlanadi. Jamoa murabbiylar shtabi tarkib yuzasidan qanday o'zgarishlarga qo'l o'rishadi. Yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari qanday bo'ladi, bu haqda keyingi xabarlarimizda batafsil malumotlar beramiz.

Fikrlar