So’nggi yangiliklar

22:10"Ренн" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 21:27"Барселона" "Челси”дан тарбияланувчисини қайтармоқчи  5 20:58"Ал Ҳилол" Франция терма жамоаси ҳимоячисига даъвогар  0 20:34БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Ал Дафра" билан дуранг ўйнади, Ғаниев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 20:15"Ливерпуль" "Милан" ҳужум чизиғи етакчисига қизиқмоқда  1 19:49Расман: "Металлург" Ғофуров, Шоаҳмедов ва Саиднуруллаевни таркибга қўшиб олди  0 19:25Манба: Тудор — "Тоттенхэм" янги бош мураббийи  7 19:03САфарда "Навбаҳор" – "Актобе" учрашувида. Нани нега майдонга тушмади?   2 18:41Норчаев Италияга жўнаб кетди  5 18:20"Эвертон" Грилишни "Манчестер Сити"дан сотиб олмоқчи  1 17:56Абдурауф Бўриев: "Ўртоқлик учрашувида ҳам майдонга ғалаба учун чиқиш керак"  2 17:32Кэррик — АПЛда январь ойининг энг яхши мураббийи  10 17:15"Брентфорд" форварди АПЛда январь ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  2 17:01Эшитдик-да! "Ғазалкент" Лазизбек Мирзаевни 70 минг еврога сотиб олди ва ижарага берди   16 16:43Достон Ҳамдамов: "Суперлиганинг янги мавсуми осон ўтади"  8

"Nasaf": Yoshlar ligasi. “Nasaf” – “Andijon” 2:3 Yangiliklar

"Nasaf": Yoshlar ligasi. “Nasaf” – “Andijon” 2:3

Bugun mamlakatimiz futbol maydonlarida yangi futbol mavsumini Oliy ligada ishtirok etayotgan jamoalar o'rinbosarlari boshlab berishdi.

Jumladan, Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol maktabi suniy maydonida “Nasaf” va Andijonnning “Andijon” jamoalari o'rinbosarlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
 
Zafar Xolmurodov Toshkentda murabbiylar o'qishida bo'lganligi uchun, bugungi uchrashuvda “Nasaf” yoshlarini maydonga uning yordamchisi Raxmatillo Muxamedrahimov olib tushdi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining hujumi bilan boshlandi. Uchrashuv 6-daqiqasida yosh “ajdarlar”ning mehmonlar jarima maydonida katta bosim bilan ketma-ket hujumlarining birida “Andijon” jamoasi futbolchisi Madamin Mahmudov o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi – 1:0.

Mehmonlar o'rtadagi hisobni uchrashuvning 34-daqiqasida tenglashtirishdi. “Andijon” jamoasi yoshlarining uyushtirgan qarshi hujumini Farhod Bekmurodov golga aylantirdi – 1:1.

Ushbu goldan so'ng maydon egalarining o'yini biroz susayib qoldi, bu vaziyatdan unumli foydalangan mehmonlar hisobda oldinga o'tib olishdi, “Andijon” yoshlarining uchrashuvdagi ikkinchi golini 43-daqiqada Vitaliy Zoteev kiritdi – 1:2. yoshlarining uchrashuvdagi ikkinchi golini 43-daqiqada Vitaliy Zoteev kiritdi.

Ana shu hisobda jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim boshidan “Nasaf” yoshlari hisobni tenglashtirish uchun ancha ter to'kishlari to'g'ri keldi. Tinmay hujum uyushtirgan yoshlarimiz uchrashuv 71-daqiqasiga kelib o'z maqsadlariga erishdi. Doniyor Narzullaev jamoadoshlaridan to'pni qabul qilib oldi va raqib darvozabonini aldab o'tib, muvozanatni tikladi - 2:2.

Uchrashuv yakuniga etib borayotgan bir paytda “Andijon” yoshlari yana hisobda oldinga o'tib olishdi. Himoyachilarimizning tartibsiz harakatidan unumli foydalangan Farhod Bekmurodov jamoasining g'alabasini taminlovchi golga mualliflik qildi – 2:3.

Uchrashuv hakami uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berdi. Afsuski, bu vaqtdan ham yoshlarimiz unumli foydalana olishmadi va yangi mavsumning ilk turida mag'lubiyatga uchrashdi.

 
Yoshlar birinchiligi, 1-tur. 11.03.2015.

“Nasaf”(YO) – “Andijon”(YO) 2:3 (1:2).

Qarshi shahri. “Nasaf” futbol maktabi suniy maydoni.

Hakamlar
: Ishoq Ibrohimov, Artyom Kalinin, Farxod Usmonov, Firdavs Norsafarov.

Nazoratchi: Sardor Najafaliev.

Gollar
: M.Mahmudov (avtogol), 6-1:0, Doniyor Narzullaev, 71-2:2  – Farhod Bekmurodov, 34-1:1, Vitaliy Zoteev, 43-1:2, Farxod Bekmurodov, 88-2:3.

“Nasaf”: 1.Alibek Turobov, 4.Samandar Ochilov, 7.Sirojiddin Qo'ziev, 9. Dilshod Xushbakov (Jahongir Qurbonboev), 10. Islom Rashidxonov, 14. Bobir Abduholiqov (Xudoyberdi Xoliqov 46), 16. Akmaljon Olimov,  23. Dostonbek Berdiqulov, 27. Akbar Murodov (s), 33. Botirjon To'raev, 38. Doniyorjon Narzullaev.

Zaxiradagilar: 21. Muzaffar SHaropov, 19. Dadajon Mamatqulov, 22. Bunyod SHodiev, 28.Ilhomjon Alijonov,  34. Jahongir Qurbonboev, 35. Rahimbek Jovliev.
 

“Andijon”: 1.Eldor Isaboev, 2.Artur Mamatkazin, 3. Bobir O'rishev, 7. Doniyor Usmonov (Sardor Solijonov 46), 8. Farxod Bekmurodov, 11. Farrux Mirzaev (Ramazonov Umirillo 46), 18.Vitaliy Zoteev, 19.Ro'zivoy Abdug'afforov, 22. Madamin Maxmudov (Akbar Xadjaev 46), 23. Ruslan Gaffarov, 77. SHohsulton Pariev.

Zahiradagilar: 34.Lochin Dolimov, 5. Timur Vasilev, 9. Sardor Solijonov, 10. Akbar Xadjaev, 25. Asqar Jadigerov, 21. Umirillo Ramazonov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика