“Nasaf” va “Navbahor” Superliga etakchilariga aylandi. “Paxtakor” va “Lokomotiv”da o'sish boshlandi
27 apr 2018 10:32
Yangiliklar
“Nasaf” va “Navbahor” Superliga etakchilariga aylandi. “Paxtakor” va “Lokomotiv”da o'sish boshlandi
Turnir jadvaliga razm solinsa, “Paxtakor” va “Buxoro” etakchiligini ko'rish mumkin. Biroq bo'linish holatiga ko'ra unday emas. CHunki mazkur ikki klub markaziy o'yinlarda nisbatan kamroq ochko ishlagan.
Ro'ziqul Berdiev boshchilik qilayotgan “Nasaf”ni mag'lub etishi mumkin bo'lgan jamoa na kuchlilar va na kuchsizlar orasidan topildi. Namangandagi durangni aytmasa, qarshilik futbolchilarning ishi joyida.
“Navbahor” esa Toshkentning uch klubi bilan bir martadan o'ynab ulgurdi. O'z maydonida zafar quchdi, safarda imkoniyatni boy berdi. SHuningdek, “Bunyodkor” ketma-ket ikki markaziy o'yinda engildi. Natijada chempionlik uchun kurash jadvali quyidagi ko'rinishga keldi.
CHempionlik yo'lida
Nasaf 3 2 1 0 5:2 7
Navbahor 4 2 1 1 4:2 7
Bunyodkor 4 2 0 2 6:5 6
Buxoro 3 1 0 2 3:6 3
Paxtakor 3 1 0 2 1:2 3
Lokomotiv 3 1 0 2 3:5 3
Pro-Ligaga surgun bo'lmaslik uchun kurash asosan Jizzax va Farg'ona klublari o'rtasida kechayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur zonada AGMK ancha pastda joylashgan bo'lsa-da, potencial jihatdan Kumikov shogirdlarida imkoniyat ko'proq. CHunki ular yuqoridagi olti klubning barchasi bilan o'ynab ulgurdi. Demak, ochko yig'ish davri olmaliqliklarda endi boshlanishi ham mumkin.
Jon saqlash yo'lida
Metallurg 3 2 1 0 3:0 7
Qizilqum 3 2 0 1 4:3 6
Qo'qon-1912 4 1 2 1 3:2 5
AGMK 2 1 1 0 3:1 4
Neftchi 4 0 2 2 1:4 2
So'g'diyona 4 0 2 2 2:6 2
Fikrlar