Nasaf uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
22 jan 2021 23:25
Yangiliklar


Nasaf uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
Husayn Norchaev, Abubakrrizo Turdialiev hamda Murodbek Xo'jamberdiev bilan o'rtadagi shartnoma muddatlari 2023 yil oxirigacha uzaytirildi. O'zingizga malum, o'tgan mavsumda Husayn Norchaev uchala jamoamiz tarkibida harakat qilib, har uchala jamoa bilan ham sovrin yutgan futbolchiga aylangandi. Norchaev debyut mavsumdayoq Superligada uchta gol urishga erishgan. Abubakrrizo Turdialiev ham Superligada ikkita golga hammualliflik qildi. Jamoamizning yana bir umidli futbolchisi Murodbek Xo'jamberdievni Superligadagi o'yinlari bilan muxlislar ko'nglidan joy oldi deb bemalol aytish mumkin.
«Nasaf» futbol klubi rahbariyati hozirgi kunda bir qator etakchi futbolchilar Marko Stanoevich, Bobir Abdixoliqov hamda SHarof Muhitdinov bilan ham muzokara olib bormoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so'ng siz aziz muxlislarga bu haqida malumot beramiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.
Abubakrizo Turdialiev
Husayin Norchaev
Murodbek Xo'jamberdiev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar