“Nasaf” tayyorgarlikning uchinchi bosqichini 10 nafar futbolchisiz boshlaydi
06 fev 2019 10:26
Yangiliklar


“Nasaf” tayyorgarlikning uchinchi bosqichini 10 nafar futbolchisiz boshlaydi
Yangi mavsum tayyorgarligining uchinchi bosqichiini ham "Nasaf" Qarshida davom ettiradigan bo'ldi. Navbatdagi bosqich tayyorgarligi bugundan boshlanadi.
Bu bosqichda mamlakatimiz olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan 10 nafar futbolchi Umidjon Ergashev, Mashhurjon Muhammadjonov, SHerzod Nasrullaev, Dilshod Saitov, Ilhomjon Alijonov, SHarof Muhitdinov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboev, Bobir Abduxoliqov va Azizjon G'aniev ishtirok etishmaydi.
Futbolchilar 4 yanvar kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tishdi va qisqa muddatli dam olishdi.
Joriy bosqich tayyorgarlik mashg'ulotlari ham Sputnikdagi yoshlar qarorgohi maydonida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar