"Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvi bosh hakamiga qoniqarli baho qo'yilgani malum qilindi
07 iyu 2021 21:09
Yangiliklar
"Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvi bosh hakamiga qoniqarli baho qo'yilgani malum qilindi
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvining bosh hakami nazoratchilar tomonidan baholandi.
Mazkur bahsning so'nggi daqiqalarida "So'g'diyona" jamoasi gol urib, hisobni tenglashtirdi. Ammo keyinroq mazkur holatdan avval qo'pollik ishlatilgani aytildi va bosh hakam vaziyatni VAR orqali ko'rgandan so'ng bekor qildi.
Ushbu uchrashuv muxlis va mutaxassislar orasida ancha muhokamaga sabab bo'ldi. "Championat.asia" manbasining malum qilishicha, mazkur uchrashuvda ishlagan bosh hakamga nazoratchi tomonidan qoniqarli baho qo'yilgan.
SHuningdek, bosh hakamga VAR bilan ishlash bo'yicha ko'rsatma berilgan.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Nasaf" — "So'g'diyona" o'yinidagi jizzaxliklar gol urgan vaziyat mutaxassislar orasida ham muhokamaga sabab bo'lgan.
Fikrlar