So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

“Nasaf” - "SHaxtyor" (Qozog'iston) 2:1 (to'liq sharh) Yangiliklar

“Nasaf” - "SHaxtyor" (Qozog'iston) 2:1 (to'liq sharh)

Turkiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazayotgan “Nasaf” futbolchilari kecha yig'in doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvini Qozog'istonning “SHaxtyor” jamoasiga qarshi o'tkazib, irodali g'alabaga erishishdi – 2:1.
Xabaringiz bor, ushbu jamoaga ayni paytda yurtimiz ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan rossiyalik mutaxassis Viktor Kumkov ustozlik qilib kelmoqda. Kumikov qo'l ostida qarag'andalik futbolchilar ikki marta mamlakat chemponi, Qozog'iston kubogi va Superkubogini qo'lga kiritishdi. Qolaversa, ushbu jamoa  joriy mavsumda Evropa Ligasining guruh bosqichida ishtirok etdi. O'z vaqtida “Nasaf”da faoliyat yuritgan Kumkov (2009-2010yillar) 2013 yili Qozog'istonda eng yaxshi murabbiy deya etirof etildi.

Qozog'iston va O'zbekistonning 2013 yildagi eng yaxshi murabbiylari boshqarayotgan jamoalar o'rtasidagi bahs o'ziga xos qiziqishni yuzaga keltirgandi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida “SHaxtyor”ning bosniyalik himoyachisi Aldin Jidich Eldorbek Suyunov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z qo'liga olishga erishgan “Nasaf” futbolchilari ketma-ket ikki marta raqib darvozasiga gol kiritishdi. Dastlab chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni jamoamiz tarkibiga yangidan kelib qo'shilgan Igor Taran chaqqonlik bilan darvozaga yo'llagan bo'lsa, keyinchalik Laziz Ubaydullaev ajoyib harakatlari bilan Taranni qulay vaziyatga chiqardi. Igor esa deyarli bo'sha qolgan darvozani osonlik bilan ishg'ol etib, jamoasiga irodali g'alabani keltirdi.

Ushbu uchrashuvni jamoamiz quyidagi tarkibda o'tkazdi:

“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Alisher Yusupov (Ulug'bek Dadaboev), Hamza Karimov (SHerzod Azamov), Maqsud Karimov (Odil Hamrobekov), Botir Qoraev, Erkin Boydullaev (Najmiddin Normurodov), Ilhom Yunusov, SHuhrat Muhammadiev (Laziz Ubaydullaev), Farruh Sayfiev, Kenja To'raev (Azamat Allaniyazov), Ilhom SHomurodov (Igor Taran).

-Raqib jismoniy baquvvat futbolchilar ko'p edi. Ammo biz to'p bilan muomalada ustunliq qildik, -deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev o'yindan keyin. – Bu “SHaxtyor”ning Turkiya yig'inidagi birinchi o'yini edi. Jamoa tarkibida legionerlar ko'p ekan.

Eslatib o'tamiz, 11 yanvardan buyon Turkiyada yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Nasaf” futbolchilari yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida Albaniya vice-chempioni “Kukesi” jamoasini taslim etishgandi – 2:1. Bu safar xuddi shunday hisob bilan Qozog'iston kubogi va superkubogi sohibi “SHaxtyor” mag'lub etildi. Jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini 17 yanvar kuni o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика