"Nasaf" rekordga yaqin
28 okt 2015 22:30
Yangiliklar
"Nasaf" rekordga yaqin
"Nasaf" jamoasi hozirga qadar o'z tarixida sakkiz marotaba chempionatda uchinchi o'rinni band etgan holda bronza medallariga ega chiqqan. Bu borada "Nasaf" Namangannnig "Navbahor" jamoasi singari sakkiz karra bronza medallarini taqishga ulgurishgan. Agarda bu mavsumda ham "ajdarlar" yakunda uchinchi o'rinni qo'lga kiritishsa, unda "Nasaf" bronza medallarini yutish bobida mutlaq rekordchiga aylanadi. Hozircha hech bir klub to'qqiz marotaba bronza medallariga ega chiqmagan.
Ayni paytda Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi 27-turdan so'ng 61 ochko to'plagan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinda borishmoqda. Ular ikkinchi pog'onadagi "Lokomotiv"dan 4 ochkoga, peshqadam "Paxtakor"dan esa 5 ochkoga ortda qolishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" jamoasi 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014 yillari chempionatda uchinchi o'rinni egallagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar