"Nasaf": Rasmiy tanishtiruv marosimiga taklif etamiz
03 avg 2017 15:35
Yangiliklar
"Nasaf": Rasmiy tanishtiruv marosimiga taklif etamiz
Yangi futbolchilarni rasmiy tanishtiruv marosimini o'tkazish malum sabablarga ko'ra kechiktirildi. Bunga asosiy sabab, jamoamizning O'zbekiston Kubogi bahslariga tayyorgarligi va ishtiroki bo'ldi.
Ana shu rasmiy tanishtiruv marosimi ertaga yani 4 avgust juma kuni “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Marosim soat 17:00da boshlanadi.
Rasmiy tanishtiruv marosimiga barcha OAVlari vakillarini va futbol ishqibozlarini taklif qilamiz.
Rasmiy tanishtiruv marosimidan so'ng klubimiz rahbariyati, murabbiylari jamoamiz muxlislari bilan o'zaro muloqat o'tkazishadi. Ular muxlislarning qiziqtirgan savollariga ham javob berishadi.
SHuni esalatib o'tishni hohlardikki, “Markaziy” stadionning tantanali ochilishi marosimidan keyin ham stadionda o'zgarishlar va yangiliklar bo'ldi. Marosimga tashrif buyurgan muxlislar ana shu o'zgarish va yangiliklardan ham boxabar bo'lishadi.
Marosimga marhamat qiling.
Fikrlar