So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  1 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  3 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  7 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  8 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

“Nasaf” raqibi “Li Man” safidagi legionerlar haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

“Nasaf” raqibi “Li Man” safidagi legionerlar haqida nimalarni bilamiz?

20 oktyabr kuni “Nasaf” Qarshida OFK Kubogi Inter zonal final uchrashuvida Gongkongning “Li Man” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Quyida etiboringizga raqib jamoaning legionerlari bilan yaqindan tanishtirib o'tamiz.

Aytish kerakki, “Li Man” klubida Ispaniya, Argentina,  Braziliya va Janubiy Koreya mamlakatlaridan olib kelingan legionerlar OFK kubogida jamoaga yordam bermoqda.

Jonatan Akosta (Argentina)

Jonatan Leonel Akosta 1988 yilning 11 oktyabr kuni Argentina poytaxtida dunyoga kelgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida to'p tepadigan Akostta 2019 yildan buyon “Li Man” klubi sharafini himoya qilib keladi. Bungacha u juda ko'plab jamoalar sharafini himoya qilgan. Xususan, “Plaza Koloniya” (Urugvay), “De Julio” (Argentina), “Xappi Valley” (Gongkong”), “Talleres” (Argentina”), “Desamparados” (Argentina”), “Zapla” (“Argentina”), PKNS (Malayziya), “Drims” (Gongkong)  kabi jamoalarda o'ynagan. Olgan malumotlarimizga ko'ra, Akosta jamoaning ishongan legioneri ekan. U guruh bosqich o'yinida ham maydonda keng ko'lamdagi ishlarni bajargani malum bo'ldi. 

Xose Anxel (Ispaniya)

Markaziy himoyachi bo'lgan Xose Anxel 1989 yil 2 mart kuni Ispaniyaning Salamanka shahrida dunyoga kelgan. Asosan faoliyatini Ispaniyaning turli jamoalarida o'tkazgan futbolchi 2020 yilda “Li Man” klubia bilan shartnoma imzoladi. Darvoqe, u 2018 yilda Gongkongning “Istern” klubida ham o'ynagan. Afsuski, jiddiy jarohati tufayli klub bilan shartnomasi muddatini uzaytirmagan. U faoliyati davomida “Malorka”, “Elche kabi jamoalarda o'ynagan. 

Jil (Braziliya)

Jivanilton Martins Ferreira 1991 yilning 13 aprel kuni Braziliyada dunyoga kelggan. Markaziy hujumchi sifatida maydonda harakat qiladi. Jil (uning qisqacha ismi) faoliyati davomida juda ko'p jamoalar sharafini himoya qilgan. Uning Osiyoga birinchi tashrifi 2012 yilda ro'y bergan. O'shanda u Suriya klubi “Al-Jaish” sharafini himoya qilgan. Keyinchalik Janubiy Koreyaning “Kanvon”  va “Gvangju” klubida to'p tepgan. 2019 yilda esa “Li Man” klubiga ko'chib o'tdi. Hozirda jamoaning asosiy hujumchisi bo'lib, aksariyat gollarni u tomonidan kiritiladi. 

Kim Seung-Yong (Janubiy Koreya)

“Li Man”ning eng yoshi katta futbolchilaridan biri aynan Kim Seung-Yong hisoblanadi. U 1985 yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida dunyoga kelgan. Vinger sifatida to'p tepadi. Faoliyati davomida Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand klublari sharafini himoya qilgan. 2020 yilda esa Gongkongning “Tai Po” klubida o'ynagan. 2021 yildan boshlab esa “Li Man”ga ko'chib o'tdi. SHuningdek, u mamlakatning U-20 va U-23 terma jamoalarida ham o'ynagan.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика