So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Nasaf" raqibi “Al-Jayish” safarda “Al-Sadd”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Nasaf" raqibi “Al-Jayish” safarda “Al-Sadd”ni mag'lubiyatga uchratdi

Qatar yulduzlar ligasining 16-turi doirasida “Nasaf” futbol klubining OCHL-2014 pley-off uchrashvidagi raqibi “Al-Jayish” jammoasi safarda “Al-Sadd” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz bugun jamoani yaqinda qabul qilib olgan tunislik mutaxasis Nabil Manul maydonga olib tushdi.

Uchrashuv birinchi bo'limida o'rtadagi hisob ochilmadi. Yangi murabbiy shuningdek har doimgi tarkibda deyarli o'zgarish ham qilmadi, faqat o'tgan uchrashuvda xatosi tufayli jamoa darvozasiga kiritilgan golga “hammualliflik” qilgan 3-raqamdagi himoyachi Abdulla Ayesh yoyinki maydonga tushmadi, balki zahira o'yinchilar ro'yxatiga ham kiritilmadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi gollarga boy bo'ldi. o'yinning 48-daqiqasida “Al-Jayish”ning 10-raqamdagi franciyalik hujumchisi Kembo Ekoko uchrashuvdagi hisobni ochdi va o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1. Oradan atigi bir daqiqa o'tib, mehmonlar hisobda ikkita gol bilan oldinga o'tib olishdi, “Al-Jayish”ning ikkinchi goliga har o'yinda maydonni golsiz tark etmaydigan 29-raqamdagi hujumchisi Muhammad Muntari muallif bo'ldi – 0:2.

55-daqiqaga kelib endi maydon egalari hisobni qisqartirishga erishdilar - 1:2. Ushbu goldan keyin “Al-Jayish” murabbiyi uchrashuvdagi hisobni qanday bo'lmasin saqlab qolish maqsadida maydonda harakat qilayotgan  hujumchilarni o'rniga himoyachilarni maydonga tushirdi, Kembo Ekoko o'rniga himoyachi Rami Fayoz, braziliyalik hujumchi Vagner Ribero o'rniga esa himoyachi Muhammad Jabrilar maydonga tushirildi. Albatta jamoaning ruhiy holatiga ketma-ket mag'lubiyatlar o'z tasirini ko'rsatayotgan edi, shuning uchun bugun qanday bo'lmasin g'alaba qozonish zarur edi. SHuningdek ikkinchi bo'limida jamoaning ikkinchi golini kiritgan Muhammad Muntari ham 11-raqamdagi Diyab Hasan Alinabiga almashtirldi.

“Al-Jayish”ning yangi murabbiyi Nabil Manul shunday qilib, o'z maqsadiga erishdi va u boshchiligidagi jamoa safarda “Al-Sadd” jamoasini mag'lubiyatga uchratib muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Ushbu g'alabadan so'ng ular 27 ochko to'plashib, turnir jadvalining 2-pog'onasiga ko'tarilib olishdi, turnir jadvalida esa hamon "Al-Sadd" jamoasi xuddi shuncha ochko to'plagan holda karvonboshilik qilayapti. SHuningdek ular bitta kam o'yin ham o'tkazishgan.

24.01.2014. QYUL, 16-tur. Jassim Bin Hamad stadioni

“Al-Sadd” - “Al-Jayish” 1:2 (0:0)

Gollar ("Al-Jayish"):
Kembo Ekoko, Muhammad Muntari.

“Al-Jayish”: 33. Axmad Sufiyon, 23.Xolid Abdul Rauf, 4.Anderson Viera Martins,  2.Murod Naji,  7.Vesam Rizq,  10.Kembo Ekoko (Rami Fayoz 63), 12.Majid Muhammad, 37.Seul Ki Go, 20.Vagner Ribero, 21.Ali Sanad, 29.Muhammad Muntari

Zaxiradagilar: 92.Saud Al-Xotir, 6.Rami Fayoz, , 5.Muhammad Ahmad Jabri, 11.Diyab Hasan Alinabi, 8.Yusuf Muftah, Abdulrahmon Akbar.

QYULsining keyingi turi 28 yanvar kuni boshlanadi, shu kuni “Al-Jayish” jamoasi o'z maydonida “Al-Haraitiat” jamoasini qabul qiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика