"Nasaf" Qatarga jo'nab ketdi

Tolibjon Qosimov
10 mar 2018, 15:16
"Nasaf" OCHL 4-turida "Al Sadd" mehmoni bo'ladi.

Kecha o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi uchrashuv o'tkazgan “ajdarlar” bugun Toshkentdan Qatarga jo'nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Nasaf” Toshkent-Istanbul-Doha havo yo'li orqali, ertaga Doha shahriga yetib borishni rejalashtirgan.

“Nasaf” 13 mart kuni, OCHL-2018 “S” guruhi 4-tur doirasidagi uchrashuvni “Al Sadd”ga jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida bo'lib o'tadi. “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Jamoa Qatarga 20 nafar futbolchi bilan bormoqda. Hujumchi Dragan Cheran Qatarda safga qo'shiladi.


"Jamoamizga oq yo'l tilagan holda, bo'lajak uchrashuvda omad va zafar tilab qolamiz", - deyiladi klub rasmiy saytida berilgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz