So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  20 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  3 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  1 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  1 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  0 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

“Nasaf” qarshisida “Fateh” Yangiliklar

“Nasaf” qarshisida “Fateh”

“Nasaf” bugun Saudiya Arabistonining Al Hasa shahrida joylashgan SHahzoda Abdulloh bin Jalavi stadionida “Al Fateh” mehmoni bo'ladi.

CHempionlar ligasida guruh bosqichiga yo'l olish uchun Ro'ziqul Berdiev shogirdlariga g'alaba zarur.

“AL FATEH” FUTBOL KLUBI
Tashkil etilgan yili:
1958
Stadioni: SHahzoda Abdulloh bin Jalavi, Al Hasa, 19096 muxlisga mo'ljallangan
Rahbari: Abdulaziz Faliq
Bosh murabbiyi: Fathi Jabal (Tunis)
Erishgan yutuqlari: Saudiya Arabistoni chempioni (2012/13), Saudiya Arabistoni Superkubogi sohibi (2013).


“Al Fateh” Saudiyaning unchalik kuchli bo'lmagan klublaridan biri hisoblanadi. Yagona chempionligiga jamoa 2013 yilda erishgan. Bu o'shanda katta shov-shuv sifatida kutib olingandi. Bu qahramonlikni xuddi “Lester”ning o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida g'olib chiqqaniga qiyoslash mumkin. Avvalgi mavsum 5-o'rinni egallagan hasaliklar hozirda ligada qolish uchun kurash olib borishmoqda. Jamoa so'nggi pog'onaga o'rnashib qolgandi, faqat ketma-ket ikki uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alaba “Fateh”ni raqobatchilarga etib olishini taminladi. CHempionatdagi muammolar jamoaga CHempionlar ligasida oldiga aniq bir maqsad qo'ymasligiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday holat “Nasaf”ga foyda keltirgan bo'lardi. CHunki Saudiya Arabistoni chempionatida o'rnini saqlab qolish ayni paytda bu klubning asosiy vazifasi sanalishi turgan gap.

Bosh murabbiy tunislik Fathi Jabal 2008-2014 yillarda jamoaga boshchilik qilgan va erishilgan ikki sovrin paytida aynan u bosh murabbiy edi. U “Fateh”ni quyi divizion vakilidan mamlakat chempionigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishida asosiy ishni amalga oshirgan. Ehtimol, shuni hisobga olgan holda klub rahbariyati uni yana ishga qaytarishga qaror qildi. “Fateh”dan keyin ikki yil ichida to'rt jamoada ishlashga ulgurgan mutaxassis endi yana faoliyatida katta o'rin tutadigan jamoasi bilan birga.

Fathi JABAL
Tug'ilgan sanasi:
25.02.1963
Tug'ilgan joyi: Tunis
Boshqargan jamoalari: 2006–2007 “Najran”, 2007 “Hajer”, 2008–2014 “Al Fateh”, 2014–2015 “Ajman”, 2015 “Najran”, 2016 “SHabab”, 2016 “Al SHahaniya”, 2016 yil oxiridan “Al Fateh”.


“Fateh”ning asosiy futbolchilari sifatida Natan Junior, Andre Filipe, Hamdan Al Hamdanni keltirib o'tish mumkin. Junior milliy chempionatda 5 to'p kiritib, 4 golga assistentlik qilgan bo'lsa, Filipe hisobida 4tadan gol va shuncha samarali to'p oshirish mavjud. Hamdan diskvalifikaciya sababli bellashuvni o'tkazib yuboradi. “Fateh” 2014 yil OCHLda o'ynagan paytda u guruh bosqichi so'nggi tur uchrashuvida qizil kartochka olgan. SHu sababli “Nasaf”ga qarshi o'yinda u shu diskvalifikaciyani o'tashga majbur bo'ladi. Jamoa safida 4 nafar legioner mavjud. Ularning hech biri osiyolik bo'lmagani tufayli klub bir futbolchini CHempionlar ligasiga ro'yxatdan o'tkaza olmadi. Braziliyalik Candro Manoel ro'yxatga kiritilmagan. Braziliyalik himoyachi Joao Gilerme, portugaliyalik Ukra va yana bir braziliyalik Natan Junior “Fateh” safida CHempionlar ligasi saralash o'yinida maydonga tushish imkoniyatiga egalar. Al Hasa shahri klub tarkibida Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga biror nomzod futbolchi yo'qligini alohida takidlash lozim.

Jamoa o'yinlariga nazar tashlsak, asosiy gollarini dastlabki 15, 61-75 va 76-90 daqiqalarda urganiga guvoh bo'lamiz. Demak, “Nasaf” aynan shu paytda hushyorlikni oshirishi zarur bo'ladi.


Darvozabonlar
1. Habib Vatyan
12. Ali Mazaidi
22. Abdulloh Ovayshir

Himoyachilar
2. Abdulloh Davsari
4. Muhammad Abusaban
5. Joao Gilerme (Braziliya)
23. Sayyof Al Bishi
24. Yusuf Hamis
32. Abdulaziz SHaqra
33. Ali Bulayhi
45. Ibrohim Naqhli
87. Hussayn Xulayf
88. Majid Hazazi

Yarim himoyachilar
7. Hamdan Al Hamdan
8. Nuh Musa
10. Andre Filipe “Ukra” (Portugaliya)
14. Muhammad Fuhayd
15. Ahmad Muborak
17. Riyod SHarahili
18. Muhammad Alsaid
25. Tavfiq Buhimed
29. Mamduh SHarahili
35. Basil Muhammad
61. Ali Ahmad
89. Abdulloh Ammar
90. Hamad Muhanna

Hujumchilar
9. Natan Junior (Braziliya)
11. Hamad Juahaim
71. Hussayn Jassim
99. Abdulloh Beladi

Behzod Nazarov


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика