"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi
09 may 2018 09:27
Yangiliklar


"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi
Superliganing 11-turida "Paxtakor" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi.
Uchrashuvga tayyorgarlikni SHota Arveladze boshchiligidagi "Paxtakor" yuqori darajada davom ettirmoqda. Diskvalifikaciya va jarohatlar bilan bog'liq muammolar yo'q.
Oliy ligada klublar 42 bor to'qnash kelishgan. "SHerlar" 23 bellashuvda zafar quchishgan. 10 durang va 9 mag'lubiyat kuzatilgan. "Nasaf" darvozasi 59 marta ishg'ol qilinib, 36 to'p o'tkazib yuborilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda 6 g'alaba, 7 durang va 8 mag'lubiyat qayd etilgan.
Uchrashuv 11 may, juma kuni 18:30da Qarshidagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar