So’nggi yangiliklar

03:10Италия кубоги. "Милан" "Рома"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди. Шомуродов бир тайм ўйнади  60 03:00"Ньюкасл" жавоб учрашувида ҳам "Арсенал"ни мағлубиятга учратиб, Лига кубоги финалига йўл олди!  5 03:00"Реал Мадрид" қўшиб берилган дақиқалардаги гол эвазига "Леганес"ни таслим этди ва Испания кубоги ярим финалига йўл олди!  15 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  9 23:32ОКМК Шимолий Корея терма жамоасига қарши назорат ўйини ўтказади  2 23:00"Қизилқум" Туркия йиғинига жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  1 22:36Мбаппе "Реал"нинг январь ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлди  3 22:15Озарбайжондаги "ўзбек дербиси"да дуранг қайд этилди. Жалолиддинов 81 дақиқа ўйнади  6 21:57Туркия кубоги. "Ризеспор" "Анқарагучу"ни мағлубиятга учратди. Алиқулов тўлиқ ўйнади  10 21:35"Нефтчи" Туркиядаги назорат ўйинида Қозоғистон клубини мағлубиятга учратди  3 21:12Флик "Барса"нинг биринчи рақамли дарвозабони кимлигини айтди  6 20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  42 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  1 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  3 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  2

"Nasaf" - "Neftchi" 1:0 Yangiliklar

"Nasaf" - "Neftchi" 1:0

Teglar :  NasafNeftchi
O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Nasaf" - "Neftchi" o'rtasidagi o'yin boshlandi.


                                               MATNLI TRANSLYACIYA

                                                        YANGILASH


90+3. O'yin tugadi. "Nasaf" ikkala o'yinda ham g'alaba qozonib chorak finalga yo'l oldi

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shildi.

88. Murod Bobojonov simuliciya uchun ogohlantirildi.

85. O'yin tugashiga 5 daqiqa vaqt qoldi. 1:0.

81. Abduqodir tushishi bilan bahsga qo'shildi va qanotdan Bobojonovga pas berdi. Biroq qarshilik futbolchi Murodga imkon bermadi.

80. "Neftchi"da o'zgarish. Ortiqov Umid Qodirovni almashtirdi.

79. Gol ! Biroq hakam Murod Bobojonovning golini hisobga olmadi.

78. Fyodorov yana bir yosh futbolchini debyut qilishga imkon bermoqda. Maydonga Abduqodir Ortiqov tushadi!

77. "Neftchi"da o'zgarish. Maydonni SHerzod Hakimov tark etdi. Uning o'rniga yosh futbolchi Islom Toshpo'latov tushdi.

75. Bugungi o'yinni 3018 nafar muxlis tomosha qilmoqda.

73. "Nasaf"da o'zgarish. SHuhrat Muhammadiev o'rniga maydonga Doniyor Narzullaev tushdi.

O'yinning 71-daqiqasi o'tib bormoqda - 1:0

65. Goldan ruhlangan Qarshi jamoasi ketma-ket hujum qilmoqda. "Neftchi" esa himoyada tartib o'yin ko'rsatmoqda.

62. Deyan Bolevichning chap qanotdan oshirib bergan to'pini Bobur Abduxoliqov darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi - 1:0

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Bobur Abduholiqov.

60. O'yinning bir soati ortda qoldi - 0:0

54. Jahongir Mehmonov qo'pol o'ynagi uchun ogohlantirildi. Jarima to'pi..To'p etkazib berildi ! "Neftchi" hujumni qaytardi.

52. "Nasaf"da ham o'zgarish. Islom Rashidxonov o'rniga, SHarof Muxiddinov tushdi.

50. "Neftchi"da o'zgarish. Otabek Isroilov o'rniga Murod Bobojonov tushdi. Hujumchi o'rniga hujumchi.

48. Ikkinchi bo'lim tengkurashlar ostida boshlandi. Yaqqol qaysidir jamoani ustun deyish qiyin.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

- Jamoalar ikkinchi taymni o'tkazish uchun maydonga chiqib kelishmoqda.

45. Birinchi taym tugadi 0:0

44. Zarba !!!! Bobur Abduholiqov boshi bilan "Neftchi" darvozasiga zarba berdi. Yusupovdan super seyv!

38. O'yin tepmi sekin-asta oshmoqda. Vaziyatlar soni ham...

36. Bobur Abduholiqov simulaciya uchun sarik kartochka oldi.

35. "Neftchi" darvoazboni O'ktir Yusupov Qarshida yaxshi o'yin namoyish etyapti. U bir-necha vaziyatlarda o'zini ko'rsatdi. Ha, Yusupov endi o'ziga o'xshayapti!

30. Bobur Abduholiqov !!! Yosh futbolchi qanotdan tashlab berilgan to'pni O'ktir Yusupov darvozasiga yo'lladi. To'pni darvozabon ushlab oldi.

25. Qarshida mehmonlar to'p bilan harakat qilganda muxlislar tinimsiz xo'shtakbozlik qilishmoqda. Madridni o'zginasi:)

19. Kichik ustunlik mezbonlarda. Biroq o'z navbatida "Neftchi" ham himoyada yomon harakat qilmayapti.

17. Xavfli vaziyat ! Ilk jarima zarbasi "Neftchi" darvozasiga belgilandi. Xavodan tashlab berilgan to'pni "Nasaf" futbolchisi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Yusupov o'z o'rnida !

14. Zarba ! Erkin Boydullaev bergan zarba ancha noaniq..

12. "Neftchi"ning himoya va yarim himoya o'rtasidagi bog'liklik anchadan beri ko'rinmay qolgandi. Bugun himoyachi va yarim himoyachilar bir-birini yaxshi tushunib harakat qilyapti.

10. Ilk xavfli vaziyat ! Artur Gevorkyan "Neftchi" darvozasiga zarba yo'lladi. Noaniq.

7. Otabek Isroilov hamda SHerzod Hakimov oldinga chiziqda ancha faol harakat qilmoqda. Qodirov hamda Saidov ularni to'p bilan taminlash vazifasini bajaryapti.

5. O'yin tepmni juda ham yuqori emas.  Kurash asosan maydon markazida kechmoqda.

3. Kichik ustunlik "Nasaf" vakillarida, jamoalar shoshmayapti.

2. Bugun  "Nasaf" ko'k, mehmonlar esa oq rangli libosda harakat qilmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Diqqat qiling, "Nasaf" hamda "Neftchi" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda!

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.


19:30 - Nasaf (Qarshi) – Neftchi (Farg'ona) 1:0
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), S. Hakimov (Samarqand), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

Gol: Bobur Abduxoliqov 62, - 1:0.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Aziz G'aniev, 7.SHuhrat Muhammadiev, 9.Ilhom SHomurodov, 17.Artur Gevorkyan, 19.Deyan Bolevich, 20.Erkin Boydullaev, 23.SHerzod Azamov, 27.Islom Rashidxonov (14.SHarof Muhitdinov, 54), 45.Bobur Abduholiqov.
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 16.Dilshod Xushbakov, 38.Doniyorjon Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.

“Neftchi”: 1.O'tkir Yusupov, 2.Sardor Qulmatov, 6.Baxtiyor Yoqubov, 7.Mansur Saidov, 8.Umid Qodirov, 9.SHerzod Hakimov, 15.Xusniddin G'ofurov, 18.Javoxirbek Rasulov, 22.Alisher Samatov, 26.Otabek Isroilov (10.Murod Bobojonov, 52), 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 35.Abdumavlon Abdujalilov, 25.Ibrohim Numonov, 44.Islomjon Toshpo'latov, 46.Xurshidbek Asqaraliev, 51.Abduqodir Ortiqov, 52.Abrorbek Ismoilov.
Dastlabki uchrashuv: 4:1

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика