So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  2 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

“Nasaf” muxlislarini ro'yxatga olish boshlandi Yangiliklar

“Nasaf” muxlislarini ro'yxatga olish boshlandi

Mamlakatimizda yangi futbol mavsumining boshlanishiga ham borgan sari sanoqli kunlar qolmoqda.
SHu kunlarda barcha futbol klublarida yangi mavsumga jadal tayyorgarlik ko'rilmoqda. SHuningdek muxlislar klublari ham o'zlarining tadbirlarini amalga oshirishga kirishishdi.

“Nasaf” muxlislar klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi va o'z azolarini qayta ro'yxatga olishga qaror qildi. Muxlislar klubining bir guruh faol azolari tomonidan qator tadbirlar ishlab chiqilgan, bu tadbirlarni va rejalarni mavsum oldidan umumiy yig'ilish o'tkazishib, klub azolari bilan birgalikda tasdiqlab ham olishmoqchi.

Demak, “Nasaf” muxlislar klubiga azo bo'lishni istagan muxlislarni “Nasaf” PFKning “Markaziy” stadioni qoshidagi muxlislar klubi qarorgohiga kelishlarini taklif etamiz. Azo bo'lishni hohlagan muxlislar o'zi bilan birga pasportining kseronuxasini, 2 dona 3X4 fotosurat hamda o'zi haqidagi malumotlarni taqdim qilishlari kerak. SHaxsiy malumotlar blankasi muxlislar klubi tomonidan taqdim etiladi.

Qarshi shahridan o'zoqroqda yashovchi muxlislar saytimizning amaldagi elektron pochta manzili info@voha.uz ga talab qilingan hujjatlarni jo'natib ham azo bo'lishlari mumkin. O'zi haqidagi malumotlarni saytimizning mana shu linkdagi so'rovnomani to'ldirib pochtamizga jo'natishlari kerak. Bundan avval saytimiz orqali ro'yxatdan o'tganlar bundan mustasno.  

Ro'yxatga olish 10 martgacha davom etadi va 15 mart kuni bo'ladigan birinchi uchrashuv oldidan muxlislar klubi azolari ishtirokida umumiy yig'ilish o'tkaziladi. Ummumiy yig'ilish o'tkaziladigan aniq kunni, vaqtini va joy manzilini saytimiz orqali avvaldan elon qilamiz.

Malumotlar uchun telefon: +998 91 462 21 99 (O'zoqov Uktam) va +998 95 505 11 17 (Safarov Ziyodullo).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика