"Nasaf" muxlisga atalgan JCH chiptasini jamoa murabbiyiga berdi + FOTO
14 iyu 2018 13:08
Yangiliklar
"Nasaf" muxlisga atalgan JCH chiptasini jamoa murabbiyiga berdi + FOTO
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O'FA tomonidan har bir klubga Jahon chempionati o'yinlari uchun chiptalar taqdim etilgan. "Nasaf" futbol klubi rahbariyati ajratilgan chiptani o'zining ashaddiy muxlisiga sovg'a qilishga qaror qildi.
Xolbek Yuldashev Moskva shahrida bo'ladigan Serbiya – Braziliya uchrashuvi chiptasini "Nasaf" futbol klubi bosh menedjeri Sergey Kucherenkodan qabul qilib oldi.

CHipta topshirilgandan so'ng, Xolbek Yuldashev quyidagi fikrlarni bildirdi.
-To'g'risi, Jahon chempionati uchrashuvlarini avvallari faqat teleekran orqali tomosha qilganman. Har bir muxlis bunday ulkan nufuzga ega futbol uchrashuvlarini stadionda tomosha qilishni bir umr orzu qiladi. Futbol ishqibozi sifatida shunday orzuim ushalmoqda, katta futbol uchrashuvini bevosita stadionda turib tomosha qilish baxtiga muyassar bo'layapman. Buning uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyatiga va "Nasaf" professional futbol klubiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.


P.S. Xolbek Yuldashev 2018 yilga qadar futzal bo'yicha Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan. Futzal yangicha tizimga o'tganidan keyin esa "Nasaf"ning futzal jamoasini boshqarib kelmoqda.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar