"Nasaf" murabbiyi ishdan ketdi
18 iyu 2020 14:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581982_original.jpg)
![](/upload/storage/581982_220.jpg)
"Nasaf" murabbiyi ishdan ketdi
Sobiq posbon, bugungi kunda darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Mixail Naumov Superliganing 9-turi doirasida Qo'qonda o'tgan "Qo'qon-1912"ga qarshi bahs qaydnomasidan o'rin olgani yo'q.
Uning nima uchun ishdan ketgani hozircha malum emas. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Naumov bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev bilan kelishmovchilik tufayli klubdan ketgan.
"Qo'qon-1912" bilan o'yin vaqtida darvozabonlar murabbiyisiz qolgan "Nasaf" murabbiylari birinchi golda xatoga yo'l qo'ygan Mashhurjon Muhammadjonov o'rniga Abduvohid Nematovni tushirishdi. Nematov maydonga tushgach Muhammadjonovdan kam bo'lmagan xato qildi va qo'qonliklar ikkinchi golni urishdi. "Nasaf" klubi darvozabonlari 2020 yilgi Coca Cola Superligasida 9ta turda 9 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqishdi. "Ajdalar" kam gol o'tkazib yuborish bo'yicha chempionatda to'rtinchi o'rinda borishmoqda.
Malumot uchun, "Nasaf" klubi rasmiy sayti shu yilning 1 yanvar sanasida Mixail Naumovni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan. Biroq saytdagi murabbiylar bo'limida Naumov haqidagi barcha malumotlar olib tashlangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar