"Nasaf": Muhammadiev ilk bor MTJdan chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
18 may 2014, 11:41
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 27 va 29 may kunlari Ummon terma jamoasiga qarshi kechadigan o'rtoqlik o'yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatidan “Nasaf”ning ikki nafar a'zosi joy oldi.
Yosh posbonimiz Eldorbek Suyunov 2013 yildan buyon muntazam mamlakat bosh jamoasidan chaqiruv olib kelayotgan bo'lsa, jamoamizning yana bir mahoratli a'zosi, tezkor himoyachi Shuhrat Muhammadiev ham bu gal Mirjalol Qosimov ruyxatidan joy oldi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi 24 may kuni Toshkentda boshlanadigan yig'inga 30 nafar futbolchini taklif etgan. Eslatib o'tamiz, Ummonga qarshi o'yinlarning birinchisi 27 may kuni Olmaliq shahridagi stadionda bo'lib o'tsa, ikkinchi uchrashuv 29 may kuni Toshkentdagi “JAR” stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz