So’nggi yangiliklar

19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2

"Nasaf" lageridan darak Yangiliklar

"Nasaf" lageridan darak

Teglar :  "Nasaf"
Qarshining "Nasaf" jamoasi Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni klub qarorgohida davom ettirmoqda.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa 14 iyuldan boshlab Qarshida yig'ilgan va ikkinchi davraga taraddud ko'rmoqda. "Nasaf" murabbiylar shtabi jamoaga legioner olib kelish borasida selekciya ishlarini davom ettirmoqda. Hozircha izlanayotgan xorijlik futbolchilar ichidan malakali o'yinchini topish cho'zilmoqda. Ammo selekcion ishlar davom etmoqda. Agarda Ro'ziqul Berdiev talablariga mos tushadigan legioner topilsa, unda jamoa ikkinchi davraga qadar tarkibga xorijlik futbolchini qo'shib olishi mumkin.

Klub rahbariyati jamoaga legioner olib kelish uchun ruxsat bergan va unga maosh to'lashga ham vada bergandi. Biroq murabbiylar shtabini talablariga mos tushadigan legioner topilishi davralar oralig'ida qiyinchilik tug'dirmoqda.

Bugun internetda paydo bo'lgan mish-mishlar xususidan muxlislar saytimizga ko'plab murojaatlar bilan chiqishdi. Biroq Karlos Velaning "Nasaf" kelishi mumkinligi haqida xabarlar asossiz va mutlaqo noto'g'ri. Buni "Nasaf" klubi vakillari ham alohida takidlashdi va muxlislarni asossiz xabar yoki mish-mishlarga ishonmasliklarini so'rashdi.

"Nasaf"da ikkinchi davrada legionerlar paydo bo'lishi mumkin, agarda ular Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabiga maqul keladigan darajada bo'lsa. Aks holda "Nasaf" chempionatni legionerlarsiz o'tkazadi.

Jamoadagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, hozircha Bobir Davlatovdan boshqa klubni tark etgan futbolchi yo'q. Mahalliy futbolchilardan ham yangi nomlar yo'q. "Nasaf" 19 iyul kuni "Mashal"ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi va shundan so'ng futbolchilarga 1 kunlik tatil beriladi.

21 iyuldan etiboran esa "Nasaf" Superliganing 14-tur doirasidagi "Surxon"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayonini boshlaydi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика