So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  52 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  16 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

“Nasaf” ikkala nazorat uchrashuvida ham "SHo'rtan"ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Nasaf” ikkala nazorat uchrashuvida ham "SHo'rtan"ni mag'lub etdi

Teglar :  NasafSHo'rtan
Bugun “Nasaf” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarliklarning dastlabki bosqichi yakunida G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Nazorat uchrashuvlari “Markaziy” stadion yonidagi mashg'ulotlar maydonida bo'lib o'tdi.

Dastlabki nazorat uchrashuvida murabbiylar asosan asosiy tarkib o'yinchilarini maydonga tushirishdi. Birinchi bo'lib uchrashuvdagi hisobni “SHo'rtan” jamoasi ochgan bo'lsada, oradan uch daqiqa o'tib SHaxboz Erkinov penaltidan hisobni tengalashtirdi. Oradan olti daqiqa o'tib yana mohir hujumchimiz o'zining ikkinchi golini kiritdi va hisobni 2:1ga o'zgartirdi. Uchrashuvdagi jamoamizning yana bir golini Farruh Sayfiev kiritdi. “SHo'rtan” jamoasining uchrashuvdagi ikkala goliga ham G'ulom Rahmonov mualliflik qildi. SHunday qilib, birinchi nazorat uchrashuvi 3:2 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo'ldi.

1-nazorat uchrashuvi. 28.12.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “SHo'rtan” (G'uzor)  3:2 (2:1)
Uchrashuv hakami:
Firdavs Norsafarov
Gollar: SHaxboz Erkinov 30 penalti, 36  Farruh Sayfiev, 83 - G'ulom Rahmonov, 27, 68

“Nasaf”: Eldor Suyunov, Najmiddin Normurodov, Ildar Mamatkazin, SHerzod Azamov, SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, Fozil Musaev, Dilshod Rahmatullaev, Bahrom Abdurahimov, Azamat Allaniyozov, SHaxboz Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Quvvatov, Dilshod Xushbakov.

“SHo'rtan”: Alibek Turobov, Azamat Isroilov, Mirmuhsin Sattorov, Umar Eshmurodov, Akram Bahromov, Maruf Murodov, Olimjon Karimov, Eldor Boymatov, G'ulom Rahmonov, Yusuf Bo'riev, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Yo'lchi Fayzullaev, Elyor Tog'aev, SHahzodbek Husanov.

Ikkinchi nazorat uchrashuvida murabbiylar asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirishdi. SHunisi etiborliki, bu uchrashuv birinchi uchrashuvga nisbatan qiziqarliroq va gollarga ham boy bo'ldi. Navbatdagi nazorat uchrashuvidagi jamoamiz gollarini Bobir Abduxoliqov (2), Dilshod Xushbakov (2), Sirojiddin Qo'ziev va Islom Rashidxonovlar kiritishdi. “SHo'rtan” jamoasining uchrashuvdagi yagona golini Ixtiyor Pardaev kiritdi.
 
Ikkinchi nazorat uchrashuvida jamoamizda ikki nafar yangi o'yinchi harakat qildi, bular “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari tarkibi o'yinchisi, darvozabon Aziz Isoqov va birinchi liga vakili “Kosonsoy” jamoasining hujumchisi Anvar Xojimirzaevdir.
 
“Nasaf” jamoasi ikkinchi nazorat uchrashuvida “SHo'rtan” jamoasini yirik 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
 
2-nazorat uchrashuvi. 28.12.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “SHo'rtan” (G'uzor) 6:1 (1:0)
Uchrashuv hakami:
Naim Qosimov
 Gollar: Bobir Abduxoliqov (pen.), 6’-1:0, 60’-3:0, Dilshod Xushbakov (pen.), 49’-2:0, 70’-4:0, Ixtiyor Pardaev, 73’-4:1. Cirojiddin Qo'ziev (pen.), 82’-5:1, Islom Rashidxonov, 89’-6:1

“Nasaf”: Aziz Isoqov, SHarf Muhitdinov, Aziz G'aniev, Islom Kenjaboev, Doniyor Narzullaev, Odil Hamrobekov, Anvar Xojimirzaev, Sirojiddin Qo'ziev, Islom Rashidxonov, G'olib G'aybullaev, Bobir Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Xushbakov, Najmiddin Normurodov.

“SHo'rtan”: Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Yo'lchi Fayzullaev, Mirmuhsin Sattorov, SHerbek Eshmirzaev, Timur Komiljonov, Rustam Haydarov, Ilhom Abdiev, Elyor Tog'aev, Mirjalol Mirzayorov, SHohjahon Mamurov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Og'abek Erkinov, Nurbek Yo'ldashev, Arslon Elbekov, Ixtiyor Pardaev, Sanjar Axmedov, Izatillo Xolliev, Sarvar Mirzaev.

 Bugundan “Nasaf” jamoasi futbolchilariga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa dam olish kunlari berildi. Jamoamiz endi 3 yanvar kunidan mavsum tayyorgarliklarini 2-bosqichini boshlashadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика