"Nasaf" Hamrobekovning transferidan 2,5 milliard oladi va 20% ulushni saqlab qoladi

5 fev 2019, 13:02
"Nasaf" hamda "Paxtakor" amalga oshirgan Odiljon Hamrobekovning transferiga oid batafsil ma'lumotlar haqida saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov o'zining telegram kanalida yozib o'tdi.

"Menimcha, Xamrobekovning transferidan har uchala tomon yutdi. Nega?

Birinchidan, Paxtakor uchun yaxshi xarid. Kelajagi porloq, yuqori salohiyatga ega futbolchini qӯlga kiritdi. Ayniqsa Arveladzening o'yin uslubiga to'la mos tushadigan tayanch yarim himoyachi. Hamrobekov Arveladzega keng tanlovga imkoniyat yaratadi.

Ikkinchidan, futbolchi uchun xam yangi chorlov. OCHLda yana o'z kuchini sinaydi, yuqori tempdagi o'yinlarda yanada pishadi. Paxtakor orqali xorijga, kuchliroq tarafga sakrash imkoniyati oshadi. Futbolchi uchun yana bir muxim jihat, sovrindor bo'lish, chempionlik uchun kurashadi. Yaxshi motivaciya.

Hamrobekov buyog'iga yanada ӯsishi kerakligini tushunib turibdi. Futbolchi uchun Nasafda yo'qolgan rakobat Paxtakorda qaynaydi.

Uchinchidan, Nasaf! Hamrobekovni katta futbolga olib kirgan va istedodini yuzaga chiqarishda katta rol ӯynagan jamoa. Hamrobekov klub tarbiyalanuvchisi sifatida jamoa uchun yaxshigina xizmat qildi. Shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchini 2,5 milliardga sotish albatta aqlli qaror. Yaxshi transfer.

Nasafning bu kelishuvdagi qilgan ajoyib ishi - futbolchining keyingi transferidan 20% ulushni alohida kӯrsatgani. Yani, Paxtakor keyinchalik Odilni sotish orqali qanchadir mablag'ga ega bo'lsa, o'sha transfyerdan 20% tushim avtomatik tarzda Nasaf hisob-raqamiga o'tkaziladi. Demak o'z-o'zidan futbolchining keyingi transferidan Nasaf ham manfaatdor.

Yaxshi va professional transfer!

Nasaf kecha Paxtakorning rasmiy taklifiga rozilik bildirdi va bugun mazkur transfer hujjatlari rasmiylashtiriladi. Paxtakor esa OCHL zayavkasi uchun bugungi dedlaynga ulgurishi kerak.

Nasafda Hamrobekov nuqtasida Sharof Muhitdinov bemalol o'ynab ketadi. Potenciali juda yuqori. Kelasi transfer bozorlarida aynan Sharof Muhitdinov trendga chiqadi, ishonavering :-)"


Shahboz Beg'amov - "Telegram" kanal"Instagram"

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia