"Nasaf": Futbolchilarimiz O'zbekiston-Eron uchrashuvini stadiondan kuzatishadi
10 iyu 2015 12:24
Yangiliklar


"Nasaf": Futbolchilarimiz O'zbekiston-Eron uchrashuvini stadiondan kuzatishadi
Bir kunlik tanaffusdan keyin futbolchilarimiz keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlashdi. “Nasaf”chilar navbatdagi uchrashuvi O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasida 12 iyun kuni Toshkentda “Oq-tepa” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ayni paytda jamoamizning to'rt nafar azosi Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, SHohruh Gadoev milliy terma jamoa safiga, shuningdek, sardorimiz Artur Gevorkyan Turkmaniston milliy terma jamoasiga jalb etilgan. SHuningdek,“Oq-tepa”ga qarshi bo'ladigan bahsda jamoamizning mohir himoyachisi Rok Roy ham maydonga tusha olmaydi. Jamoamiz bosh murabbiy berganmalumotlarga ko'ra, u “Dinamo” bilan bo'ladigan o'yinga qadar jarohatdan to'liq forig' bo'lib, safga qaytadi.
“Nasaf” futbolchilari bugun kechki payt Qarshidan Toshkentga yo'l olishda.Ertaga jamoamiz azolari “Bunyodkor” stadionida o'tadigan O'zbekiston-Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik bellashuvini stadiondankuzatishadi. 12 iyun kuni esa JAR stadionida “Oq-tepa”ga qarshi mamlakat kubogi nimchorak final ilk uchrashuvida maydonga tushishadi.

Fikrlar