So’nggi yangiliklar

10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  0 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  3 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  3 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  5 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  3 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  1 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  4 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  8 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  1 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  25

“Nasaf” OFK kubogi finaliga puxta hozirlik ko'rishi uchun Superliganing 2 ta uchrashuvi sanasi o'zgaradi Yangiliklar

“Nasaf” OFK kubogi finaliga puxta hozirlik ko'rishi uchun Superliganing 2 ta uchrashuvi sanasi o'zgaradi

Qarshining “Nasaf” klubi OFK kubogi finalida to'p surish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Bahrayn jamoasiga qarshi uchrashuv 5 noyabr kuni bo'lib o'tadi. 

“Nasaf” OFK kubogida munosib ishtirok etib kelayotganidan kelib chiqib, O'zPFL Superliga taqvimini unga qarab moslagan hamda 19-tur doirasidan o'rin olgan “Surxon”ga qarshi uchrashuv ishchi reja asosida 2 noyabr sanasiga rejalashtirilgandi. Bunda Qarshi klubi xalqaro maydonda final chiptasini qo'lga kiritsa, taqvimda qayta o'zgarish bo'lishi avvaldan aytilgandi.

SHundan kelib chiqib, “Nasaf” ishtirokidagi 2 noyabr kungi “Surxon”ga qarshi o'yin, shuningdek, 7 noyabr sanasidagi “Qo'qon-1912” klubiga qarshi o'yin boshqa muddatga surildi. O'zPFL taklifiga ko'ra, agar O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec 9-16 noyabr kunlariga belgilangan FIFA kunlariga “Nasaf” futbolchilarini jalb qilmasa, yuqoridagi ikki bellashuv aynan shu sanalar oralig'ida o'tkaziladi. Agar Katanec “Nasaf” futbolchilarini Gruziyaga qarshi o'yinga taklif etsa, u holda O'zPFL rejasi o'zgaradi va uchrashuvlarning yangi sanalari alohida malum qilinadi. 

O'zPFL “Nasaf” futbol klubi va uning muxlislarini final yo'llanmasi bilan qutlaydi. Ishonamizki, jamoamiz o'z tarixida ikkinchi bor OFK kubogini qo'lga kiritishga erishadi.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика