"Nasaf" ertaga 10 nafar asosiy futbolchisiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2019, 14:58
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi 2018 yilgi mavsumda Superligada 7-o'rinni egalladi.

"Ajdarlar" ertaga, 18 dekabr kuni 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi. Yangi yil bayramiga qadar davom etadigan bu yig'inda jamoaning 10 nafar asosiy futbolchisi ishtirok eta olmaydi. Sababi Abduvohid Ne'matov, Mashhurjon Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullaev, Islom Kenjaboev, Sharof Muhitdinov, Azizjon G'aniev, Oybek Bozorov va Bobir Abdixoliqov Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Dubayga uchib ketishgan.
Umuman olganda bu 10 futbolchi taxminan yanvar oyi oxiriga qadar "Nasaf" ixtiyorida bo'lishmaydi. Sababi terma jamoamiz 8-26 yanvar oralig'ida Tailandda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Bir necha kun avval "Nasaf" klubi bosh direktori Sergey Kucherenko championat.asia saytiga began intervyusi chog'ida jamoaning egallagan o'rnidan qoniqmaganini takidlagan hamda o'z o'rnida rahbariyat Ro'ziqul Berdievga ishonishini va uning klubda qolishini xohlashinima'lum qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia