So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

OCHL. "Nasaf" Azizbek Amonovning dubli evaziga "Al Sadd"ni taslim qildi Yangiliklar

OCHL. "Nasaf" Azizbek Amonovning dubli evaziga "Al Sadd"ni taslim qildi

"Nasaf" hamda "Al Sadd" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichi 2-tur o'yini yakunlandi.

Unda qarshiliklar ishonchli g'alabaga erishib, 1-o'rinni mustahkamlab olishdi. 

OFK CHempionlar Ligasi

2-tur

Nasaf Qarshi

Sukhrob Nurulloev - 29', Azizbek Amonov - 46', Azizbek Amonov - 58'

AFC Champions League Grp. B . 2-tur

02/10/2023, 21:00

1
:
3
Tugadi

Al-Sadd

Boualem Khoukhi - 83'

45'
90'
29'  Sukhrob Nurulloev
42'  Sukhrob Nurulloev
46'  Shukhrat Mukhammadiev (Zafarmurod Abdirahmatov)
46'  Azizbek Amonov
46'  Javokhir Sidikov
50'  Golib Gaybullaev
58'  Azizbek Amonov
58'  Oybek Bozorov
60'  Javokhir Sidikov
65'  Oybek Bozorov
66'  Javokhir Sidikov (Jaba Jigauri)
71'  Marko Stanojevic (Bakhrom Abdurakhimov)
85'  Akmal Mozgovoy (Bekjon Rahmatov)
85'  Azizbek Amonov (Donier Narzullaev)
46'  Yusuf Abdurisag (Baghdad Bounedjah)
46'  Musab Kheder (Mohammad Hazbavi)
60'  Gonzalo Plata
61'  Hassan Al Haidos (Ali Assadalla)
83'  Boualem Khoukhi
83'  Akram Afif
84'  Akram Afif
86'  Akram Afif

NASAF (O'zbekiston) – AL SADD (Qatar) 3:1  

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 21:00

Gollar: Suhrob Nurulloev 29', Azizbek Amonov (Javohir Sidiqov) 46', Azizbek Amonov (Oybek Bozorov) 58' – Bulaem Huhi (Akrom Afif) 83'

Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)

Yordamchi hakamlar: Jorj Lakrindis, Eshli Bicham (ikkisi Avstraliya)

Zaxira hakami: Hettikankanamge Dilan Perera (SHri Lanka)

VAR hakami: Evans SHon Robert (Avstraliya)

AVAR: Aleksandr Jorj King (Avstraliya)

Nazoratchi: Noboru Ishiyama (Yaponiya)

Komissar: Jeysing Gnana Kannu Muthiah (Malayziya)

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy (25.Bekjon Rahmatov, 85), 9.Javohir Sidiqov (70.Jambuli Jigauri, 66), 17.Suhrob Nurulloev, 28.SHuhrat Muhammadiev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov, 71), 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Azizbek Amonov (21.Doniyor Narzullaev, 85).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 10.Andres CHaves, 13.Adhamjon Musulmonov, 32.Zafar Hakimov, 36.Azizjon Axrorov.

"Al Sadd": 22.Meshaal Barsham, 5.Tariq Salmon, 6.Paulo Silva Otavio, 7.Muhammad Vaad, 9.Yusuf Abdurisag (11.Bag'dod Bunedja, 46), 10.Hasan Al Haydos (8.Ali Asad, 61), 15.Bulaem Huhi, 19.Gonsalo Ximenes Plata, 51.Akrom Afif, 70.Musaab Xidir (55.Amin Hazbavi, 46), 88.Andres Vilya Mateus.

Zaxira: 1.Saad Al SHib, 30.Jehad Hudib, 13.Abdulla Al Yazidi, 14.Mustafo Tariq, 23.Hoshim Ali, 28.Ahmad Al Said, 37.Ahmad Suhayl, 96.Anas Abveni.

Ogohlantirishlar: Suhrob Nurulloev (42), G'olib G'aybullaev (50), Javohir Sidiqov (60), Gonsalo Ximenes Plata (60), Akrom Afif (84).

CHetlatish: Akrom Afif (87).


BAHS YAKUNLANDI! G'ALABA MUBORAK, "NASAF"! G'ALABA MUBORAK, AZIZ O'ZBEKISTONLIKLAR! 

90+5. Zarbaaa! Bahrom Abdurahimovning zarbasi rikoshet orqali darvoza to'ridan joy olishiga oz qoldi.

90+1. Zarbaaaa! G'olib G'aybullaevning olis masofadan yo'llagan zarbasi darvozabon tomonidan qaytarildi. 

90. Ikkinchi taymga 8 daqiqa qo'shildi. 

87. Akrom Afif etiroz bildirgani uchun sariq bilan jazolandi va avtomatik ravishda qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

85. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Amonov o'rniga Narzullaev, Mozgovoy o'rniga Rahmatov tushdi. 

84. Akrom Afif qoidani buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

83. Gol! Akrom Afifning uzatmasidan so'ng Bulaem Huhi bosh bilan gol urib, hisobni qisqartirdi – 3:1! 

82. Bugungi bahs qahramoni Azizbek Amonov o'zini o'zgartirishlarini so'rayapti, u jarohat olib maydonda yotibdi. 

79. Bugungi bellashuvni ko'rish uchun 8428 nafar muxlis tashrif buyurgani elon qilindi. Stadionga kelganlar darmonda, kelmaganlar armonda.

75. "Nasaf" ishonch bilan harakat qilmoqda. Ayniqsa, hujumchi Amonov charchash nimaligini bilgani yo'q.

71. "Nasaf"da almashtirish: Marko Stanoevich o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi.  

68. Uuux! "Al Sadd"dan xavfli hujum! Hayriytki, himoyachilar sergak. Bundan tashqari, ofsayd ham bor ekan :)

66. "Nasaf"da o'zgarish: Javohir Sidiqov o'rniga Jambuli Jigauri tushirildi. 

64. Ali Asadning havolatib amalga oshirgan uzatmasi "Nasaf" vakillari tomonidan qaytarildi. Balli, yigitlar! 

61. "Al Sadd"da o'zgarish: Hasan Al Haydos o'rniga Ali Asad maydonga tushdi. 

60. Javohir Sidiqov va Gonsalo Ximenes Plata tortishuv uchun hakam tomonidan "siylandi". 

58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Oybek Bozorovning qoyilmaqom pasidan keyin Azizbek Amonov birga-bir holatga chiqib borib, hisobni yiriklashtirdi – 3:0! Forvard to'pni raqib posbonining ustidan shunchaki oshirib qo'ydi. Top! 

56. Zarba! Azizbek Amonovning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, darvozaga kirib ketishiga oz qoldi... 

55. Javohir Sidiqov "Messi rejimi"da ko'plab raqiblarni aldab o'tdi, ammo pas berishda adashdi. 

53. Zarbaaa! Suhrob Nurullovning chap oyoqda bergan kuchli zarbasini Barsham bartaraf etdi!

51. Zarba! Marko Stanoevichning chap oyoqda bergan zarbasi sal kuchsiz chiqib qoldi. 

50. G'olib G'aybullaev hakam tomonidan ogohlantirildi. 

46. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Nasaf" hisobni oshirdi! Azizbek Amonov bir himoyachini ortda qoldirib, uzoq burchakka zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi – 2:0! 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Nasaf"da almashtirish: SHuhrat Muhammadiev o'rniga Zafarmurod Abdirahmatov bahsni davom ettiradi. 

46. "Al Sadd"da 2 ta o'zgarish: Musaab Xidir o'rniga Amin Hazbavi, Yusuf Abdurisag o'rniga Bag'dod Bunedja o'yinga qo'shildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus!

45. Birinchi bo'lim asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Suhrob Nurulloev qoida buzish tufayli ogohlantirildi.

41. "Nasaf"ning navbatdagi qarshi hujumi. Amonovning Sidiqov tomon yo'naltirilgan uzatmasi manzilga qadar etib bormadi, aks holda qatarliklar jazolanishi mumkin edi. Afsus...

38. "Nasaf" himoyani mustahkam ushlamoqda. Mehmonlarning xavfli uzatmalari qarshiliklar tomonidan uzoqlashtirilmoqda.

36. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 41% – 59%. Ammo o'yin tomonlama ustunlik "Nasaf" tomonida.

34. Zarbaaa! "Nasaf" qarshi hujumi keskin tus oldi. Azizbek Amonov bir raqibni aldashni uddaladi, ammo uning chap oyoqdagi zarbasi o'xshamay qoldi. 

32. Hasan Al Haydosning uzatmasidan keyin to'p qarshiliklar himoyachilari tomonidan bartaraf etildi. 

29. GOOOOOOOOOOOOOOL! Suhrob Nurulloev! CHap qanotdan boshlangan hujum gol bilan yakunlandi. Nasrullaevning havodan uzatgan pasidan keyin himoyachi to'pni qaytarishga urindi, to'p esa bu vaqtda Nurulloevga kelib tushdi. Qahramonimizning chap oyoqda yo'llagan zarbasi esa darvoza to'ridan joy oldi – 1:0!

25. Endi raqiblar ham sekin-asta hujum sari intilishmoqda. 

22. Raqib posboniga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

19. Nurullaevning havodan oshirib bergan pasidan keyin Nasrullaev bosh bilan pas berdi, so'ng Mozgovoy to'pni to'xtatish chog'ida xato qildi. SHu tariqa, hujum nihoyasiga etdi. 

19. Marko Stanoevichning burchakdan uzatgan to'pi Barsham tomonidan urib yuborildi. 

18. Zarbaaaaa! Markoooo Stanoeeeevich! Yarim himoyachining kuchli zarbasini darvozabon qaytardi, u darvozaning pastki chap tomonini nishonga olgandi, burchak zarbasi.  

17. SHerzod Nasrullaev to'p uchun oxirigacha kurashdi va vakillarimiz foydasiga erkin zarba ishlab oldi. Tasanno! 

15. Maydon markazida Tariq Salmon Javohir Sidiqovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

13. Nasrullaevning qanotdan oshirib bergan pasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi, keyingi vaziyatda aynan Nasrullaevning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.  

11. Javohir Sidiqovning burchakdan oshirib bergan pasidan keyin Nasrullaev bosh bilan zarba berdi, to'p Meshaal Barshamning qo'llarida.  

10. Otavio texnikasidan foydalanib, sherigini oldinga boshlashga urindi, ammo uning harakati muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

8. Yusuf Abdurisag zarba yo'llashga urindi, ammo qarshiliklar himoyachisi bunga to'sqinlik qildi. 

7. Akrom Afif juja faol, jamoasining har bir hujumi u orqali shakllantirilmoqda. 

6. Sidiqovning burchakdan uzatgan pasidan keyin "Nasaf" azosi zarba bera olmadi, qatarliklar to'pni uzoqlashtirishdi. 

5. Azizbek Amonov hujumda faollik ko'rsatib, ortga Oybek Bozorovga pas berdi, u esa Marko Stanoevichga noto'g'ri pas berdi. 

2. Mozgovoy to'pni raqibga topshirib qo'ydi, hayriyatki, SHerzod Nasrullaev to'pni raqibdan qaytarib oldi va uni maydon tashqarisiga tepib yubordi.

1. Bosh hakam uchrashuvga start berdi. O'yinni mehmonlar boshlab berishdi. 


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv 21:00 da start oladi.

Reyting: +99   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика