"Nasaf" - "Al Ahli" (BAA). Bosh hakam haqida
07 apr 2015 13:00
Yangiliklar

"Nasaf" - "Al Ahli" (BAA). Bosh hakam haqida
OCHL guruh bosqichi 4-turida Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida BAAning "Al Ahli" klubini qabul qiladi.
Ushbu bahsni janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Bosh hakam - Kim Jong Xyok. 1983 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Umuman olganda bu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi jami 5ta o'yinda ishlagan.
Kim Jong Xyok boshqargan o'yinlar haqida malumotlar:
O'tgan yil Ummonda bo'lib o'tgan Osiyo U-22 chempionatida O'zbekiston Xitoyni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Osiyo Kubogi-2015 saralashida milliy terma jamoamiz safarda Vetnamni yirik hisobda taslim qilgan - 3:0.
2013 yilgi OCHL ilk turida "Paxtakor" Toshkentda Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klubini qabul qilib g'alabaga erishgan - 1:0. Osiyo chempionlar ligasi 3-turida “sherlar” o'z maydonlarida BAAning “Al Ayn” klubini qabul qilib 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan “Al Hilol” – “Lokomotiv” uchrashuvida aynan shu referi faoliyat olib bordi. Bu o'yinda “temiryo'lchilar” 1:3 hisobida yutqazib qo'yishdi.
OCHL. 4-tur. "D" guruhi
“NASAF” – “AL AHLI” (BAA)
7 aprel 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Kim Jong Xyok (J.Koreya)
Qanot hakami 1: Jeong Xae Sang (J.Koreya)
Qanot hakami 2: Yun Kvang Yeol (J.Koreya)
Zaxira hakami: Alongkorn Feemuchang (Tailand)
Hakamlar eksperti: Umar Abu Lum (S.Arabistoni)
Uchrashuv komissari: Dr. Lin Veiguo (Xitoy)

Fikrlar