So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

“Nasaf” “Ahli” sinovi qarshisida Yangiliklar

“Nasaf” “Ahli” sinovi qarshisida

Jidda shahrining “Al Ittihod” jamoasi bizga juda yaxshi tanish. Klublarimiz mazkur jamoa bilan ko'p marta to'qnash kelishgan.
“Al Ahli” esa yaqin yillarda vakillarimizga qarshi maydonga tushmagandi. Demak, Saudiya Arabistonining yana bir jamoasi bilan bellashuvda klubimizning imkoniyatiga baho berishimiz mumkin bo'ladi.



“AL AHLI” FUTBOL KLUBI
Laqabi:
“Sovrinlar qasri”, “millat vakili”
Tashkil etilgan yili: 1937 yil
Stadioni: “Qirol Abdulloh sports siti”, 62 ming muxlisga mo'ljallangan
Boshqaruvchisi: Fahad bin Xolid
Bosh murabbiyi: Kristian Gross (SHveycariya)
Sovrinlari: Saudiya chempioni (1978, 1984), Valiahd SHahzoda Kubogi sohibi (1957, 1970, 1998, 2002, 2007, 2015), Qirol Kubogi g'olibi (1962, 1965, 1969, 1970, 1971, 1972, 1977, 1978, 1979, 1983), CHempionlar Qirol Kubogi sohibi (2011, 2012), Federaciya Kubogi g'olibi (2001, 2002, 2007, 2012, 2013).

“Al Ahli” Jiddaning o'zida ham sovrinlarni qo'lga kiritish borasida “Al Ittihod”dan ortda qolib ketgan. Lekin ushbu klub Saudiyadagi dastlabki va katta tarixga ega jamoalardan biri hisoblanadi. 1984 yildan buyon ichki chempionatda g'alaba qozona olmayotgan bo'lishiga qaramay, mamlakatning etakchi klublaridan biri bo'lib turibdi. Hozirda “Ahli” turnir jadvalida 2-o'rinni egallab, peshqadam “Al Nasr”dan ortda qolmoqda.

2012 yil jamoa OCHLda finalgacha etib borgan va hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo'ygandi. O'tgan mavsumda jiddaliklarning yurishi chorak finalda to'xtatilgan. Joriy mavsumda Kristian Gross boshchiligidagi klub Valiahd SHahzoda Kubogida g'olib chiqishga ulgurdi.

Jidda shahrida yangi qurilgan “Qirol Abdulloh sports siti” stadioni ishga tushirilgach, “Ahli”ning uy o'yinlarini stadiondan kuzatib boradigan muxlislar soni keskin ortdi. Ayni paytda o'rtacha 35-40 ming nafar ishqiboz har bir bahsga tashrif buyurmoqda. CHempionatdagi markaziy uchrashuvlarga esa 60 mingdan ziyod ishqibozlar kelishi odatga aylandi. Bu tarafdan “Ahli”ga havas qilmasdan boshqa iloj yo'q.

Bosh murabbiy lavozimida shveycariyalik Kristian Gross ishlab kelmoqda. U “Bazel”dagi uzoq muddatli faoliyati bilan ko'pchilikka yaxshi tanish. Jamoa bilan birga ECHLda esda qolarli g'alabalarni nishonlagan. Gross boshchiligida “Bazel” katta o'sishga erishdi. U “Al Ahli”da o'tgan yildan beri ishlab kelyapti. Hozircha bitta kubokda muvaffaqiyat qozonishga ulgurdi.



Kristian GROSS
Tug'ilgan sanasi:
14.08.1954
Tug'ilgan joyi: Cyurix, SHveycariya
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1973–1975 “Grasxoppers”, 1975–1978 “Lozanna”, 1978–1980 “Ksamaks”, 1980–1982 “Boxum”, 1982–1985 “Sankt Gallen”, 1985–1988 “Lugano”.
Boshqargan jamoalari: 1988–1993 “Vil”, 1993–1997 “Grasxoppers”, 1997–1998 “Tottenxem”, 1999–2009 “Bazel”, 2009–2010 “SHtutgart”, 2011–2012 “Yang Boyz”, 2014 yildan “Al Ahli”da.
Sovrinlari (murabbiy sifatida): SHveycariya Kubogi g'olibi (2001–02, 2002–03, 2006–07, 2007–08), SHveycariya chempioni (2001–02, 2003–04, 2004–05, 2007–08).

Jamoa tarkibida milliy terma jamoaga nomzod 4-5 nafar futbolchi mavjud. Legionerlar esa Braziliya, Misr va Suriyadan taklif etilgan. Osvaldo, Bruno Sezar va Omar Soma asosan hujum chizig'ida harakat qiladi. Soma jamoa safida 20 uchrashuvda shuncha to'p kiritdi. Osvaldo va Sezar ham bir-birlarini juda yaxshi tushunib harakat qilishadi. Misrlik himoyachi Muhammad Abdushafi esa Misr terma jamoasi tarkibida Afrika Kubogida g'alaba qozongan va asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi.



Darvozabonlar
1. Yosir Musaylim
22. Abdulloh Muaif
44. Ahmad Rehaili

Himoyachilar
3. Osama Havsavi
6. Muhammad Fatil
13. Muhammad Abdulshafi (Misr)
21. Oqil Balg'ayt
23. Komil Almusa
25. Motaz Havsavi
26. Muhammad Aman
32. Majid Asiri
77. Amir Kurdi

Yarim himoyachilar
4. Volid Bahshvn
7. Ahmad Alufi
8. Taysir Jassim
11. Hussayn Moqahvi
18. Abdulloh Mutayri
19. Bruno Sezar (Braziliya)
24. Salman Muvashar
29. Zakaria Sami
40. Rayod G'amdi
47. Mustafo Bassas

Hujumchilar
9. Omar Soma (Suriya)
14. Muhammad Asiri
15. Saloh Amri
17. Osvaldo (Braziliya)


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика