So’nggi yangiliklar

19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1

Narzullami yohud Nazrulla, tug'ilgan kuning bilan! Yangiliklar

Narzullami yohud Nazrulla, tug'ilgan kuning bilan!

"Paxtakor" futbol klubining matbuot xizmatida ishlayman, milodiy 2010 yil, 17 iyul kuni pochtamga xat keldi...

Bugunda axborot o'g'rilari ko'payib ketgan bir paytda, bundan 8 yil avvalgi xat, shu bolakayni saytga jalb qilish uchun sado edi go'yo.

Mana o'sha tarixiy xat 


"Paxtakor" saytida chiqayotgan suratlardan foydalanishni so'ragan 20 yoshli bolani boshqa narsalarga ham farosatini ishlashi, uyida to'g'ri tarbiya ko'rganligidan dalolat edi bu. SHunda men unga ish taklif qilib xat yozdim va javobi ham tez keldi.



O'sha yillar Gayrat bilan saytimizni endi shakillantirish borasida ish olib borayotgan edik. Tabiiyki bizga yosh shogird ortiqchalik qilmagan bo'lardi. SHunda men unga javob xati yozdim. Bu paytda saytimizda endi texnik ishlar olib borilayotgandi. O'shanda "CA"ni bugungi saviyaga chiqishiga ishonchimiz komil bo'lsada, buning uchun katta ishchi guruh kerakligini bilardik. Narzulla biz uchun ayni topilmani o'zi edi.




4229946 raqamiga qilib o'tirmang, bu yopilib ketgan MTSdagi raqamim :) Men uni rosa adashtirardim, Narzullami, Nazrullami deb 



2011 yilning yanvar oyini eslayman. Aynan shu yil saytimiz uchun katta burilish yili bo'lgan. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi barchamizni xursand qilgan bo'lsa, saytimiz voqealar rivojini tezkorlik bilan voqea markazidan turib yoritib turgandi. Men Qatardan turib axborotlarni Narzullaga yuboraman, u esa o'qishda telefonidan saytga axborot qo'yadi. Qiziq davrlar, o'tish bosqichi. SHu kungacha ne-ne tashkilotlar uni ishga chaqirishmadi, lekin "CA"ni hamma xodimlarimiz aytganidek, "motor"siz qoldirib bo'larmikin, albatta yo'q! Ilk marotaba chet elga chiqishi ham zo'r bo'ldi, bittada "Bingo", qaerga deng, Malayziya orqali Avstraliyaga! Osiyo Kubogiga, nasib qilsa 2019 yilgi Osiyo Kubogini ham birga, BAAda o'tkazamiz.

Narzulla, ukam! Bugungi kun seni bir yoshga qaritgan bo'lsada, lekin har qanday tabrik odamga xush yoqadi. O'tkan yili O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi "Eng yaxshi sport jurnalisti" unvonini qo'lga kiritganingda, o'zim yutgandek quvonganman. Umuman olganda, barcha xodimlarni quvonchi, mening quvonchim! Yana bir bor tug'ilgan kuning bilan!


SHu-shu pochtaga keladigan har bir xatga javob berishga harakat qilaman. SHu pochtaga kelgan xatlar orqali, bugunda O'zbekiston futbolidagi eng zo'r video ijodkor Zoir Tursunboev, saytimizning xorij xabarlariga masul xodimi Jasur Aslanovni kashf qildik.


Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика