“Napoli” Jusileyga qiziqmoqda
21 noy 2013 10:28
Yangiliklar


“Napoli” Jusileyga qiziqmoqda
“Napoli” klubi “Anji” yarim himoyachisi Juseleyga qiziqishda davom etmoqda.
Neapolitanliklarning “PSJ” yarim himoyachisi Blez Matyuidini sotib olish bo'yicha olib borgan muzokaralari samara bermagach, Juseleyni sotib olishga kirishishgan.
SHunday qilib Juseley klubning tayanch yarim himoyasi joyini band etishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. “Napoli” futbolchini qishki transferlar oynasi davomida sotib olishga harakat qiladi.
Avval berilgan xabarlarda, braziliyalik futbolchiga “Inter” va “San-Paulu” klublari qiziqayotgani aytib o'tilgan edi.

Fikrlar