“Napoli” Jorjinoning transferi bo'yicha “Verona” bilan kelishib oldi
17 jan 2014 11:13
Yangiliklar


“Napoli” Jorjinoning transferi bo'yicha “Verona” bilan kelishib oldi
“Napoli” va “Verona” klublari yarim himoyachi Jorjinoning tarnsferi bo'yicha kelishib olishdi, deb xabar beradi Sky Italia muxbiri Janluka Di Marcio.
“Napoli” 5 million evro evaziga 22 yoshli braziliyalik futbolchini yarim huquqini sotib oladi. 18 oy ichida esa klub futbolchining qolgan yarim transferi uchun yana 5 million evro berib uni to'liq o'z safiga qo'shib olish bo'yicha bir qarorga kelishi kerak.
Takidlab o'tamiz, “Napoli” xohlagan paytda Jorjinoni tibbiy ko'rikdan o'tkazishi mumkin bo'lsada,lekin o'yinchining o'zi klubini tark etish bo'yicha hali bir qarorga kelmagan.

Fikrlar