"Napoli" sport direktori Kvaratsxeliyaning agenti bilan uchrashdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024, 16:36
"Napoli" jamoa yetakchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning shartnomasini uzaytirish borasida ish olib bormoqda.

Amaldagi shartnoma 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Ma'lumotlarga qaraganda, klub sport direktori Jovanni Manna futbolchining agenti Mamuka Jugeli bilan uchrashgan. Neapolliklar yiliga 5 million evro maosh taklif qilmoqda va u oshib boradi, lekin 8 mln.dan ortmaydi.

Futbolchi vakillari esa maosh birinchi yil 5 mln bo'lib, uchinchi-to'rtinchi mavsumdan 8-9 mlngacha ortishini istashmoqda.

Biroq muzokaralardagi asosiy muammo  tovon pulida bo'lib, gruziyalikning agenti uni 80 mln evro qilib belgilab, 2022 yilda futbolchini Neapolga bor yo'g'i 9 mln + bonuslar evaziga olib kelgani uchun agentga ham keyingi sotuvdan foiz berilishini so'rashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.sky.it