“Napoli” Mertens bilan kelisha olmayapti
16 apr 2018 23:07
Yangiliklar


“Napoli” Mertens bilan kelisha olmayapti
Hujumchi Dris Mertens mavsum yakunlanganidan so'ng “Napoli”ni tark etishi mumkin.
Calciomercato.com sayti xabariga ko'ra, futbolchi va klub rahbariyati yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmayapti. Muzokaralar ikki oydan beri davom etmoqda.
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis Mertensning shartnomasidagi 28 million evrolik tovon puli bandini olib tashlamoqchi. Belgiyalikni xarid qilmoqchi bo'lgan klub aynan shuncha pul to'lashi kerak.
May oyida 31 yoshga to'ladigan Mertensning o'zi faoliyatini Ispaniya yoki Angliya chempionatida davom ettirish istagini bildirmoqda. Amaldagi kelishuv 2020 yilning 30 iyun kuni yakuniga etadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar