“Napoli” “Kalyari” bilan Nainggolanning yarim transferiga egalik qilish bo'yicha kelishib oldi
06 jan 2014 10:22
Yangiliklar


“Napoli” “Kalyari” bilan Nainggolanning yarim transferiga egalik qilish bo'yicha kelishib oldi
“Napoli” klubi “Milan” va “Roma”ni ortda qoldirgan holda, “Kalyari” yarim himoyachisi Raja Nainggolanni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi.
Neapolitanliklar “Kalyari”ga 25 yoshli futbolchining yarim huquqini sotib olish bo'yicha, eng qulay va ikki tomonga ham foyda keltiradigan taklif bilan chiqishgan.
Klublar shartnomaning deyarli barcha qismlari bo'yicha kelishuvga erishishgan, deb xabar beradi CNN muxbiri Tankreli Palmeri.
Manbaning xabariga ko'ra, “Napoli” Nainggolanning o'zi bilan kelishib olsa, shartnoma to'liq kuchga kirar ekan.

Fikrlar