"Napoli" Ispaniya termasi forvardini sotib olish niyatida
13 noy 2018 00:24
Yangiliklar


"Napoli" Ispaniya termasi forvardini sotib olish niyatida
La Liga to'purarlaridan biri hisoblangan hujumchi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Italiyaning "Napoli" klubi safini "Selta" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.
Ispan nashrlari xabariga ko'ra, A Seriya grandi 31 yoshli futbolchining transferi borasida "Selta"ga taklif bilan chiqqan, ammo rad javobini olgan. SHunga qaramay, neapolliklar Yago Aspasni qo'lga kiritishdan umidni uzishmayapti va tez orada uni sotib olishga yana bir bor harakat qilib ko'radilar. Transfer bahosi 25 mln evro atrofida bo'lishi aytilmoqda.
Malumot uchun, Aspas joriy mavsum “Selta” safida 13ta o'yinda maydonga tushdi va 9ta golga mualliflik qilib, 1ta golli uzatma etkazib berdi. Eslatib o'tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar