"Napoli" germaniyalik futbolchiga qiziqmoqda
17 avg 2021 14:37
Yangiliklar
"Napoli" germaniyalik futbolchiga qiziqmoqda
"Arsenal" sobiq himoyachisi SHkodran Mustafi Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.
Tajribali nemis futbolchisi bilan "Napoli" shartnoma imzolamoqchi. U PSJga ketishi mumkin bo'lgan Kalidu Kulibalini almashtirishi mumkin.
Oldinroq, Mustafiga Genuyaning "Jenoa" klubi qiziqish bildirayotgani va klub SHkodranga 4 yillik shartnoma taklif qilgani aytilgan edi.
29 yoshli himoyachi ayni damda erkin agent maqomida. Uning so'nggi ish joyi Gelzenkirxenning "SHalke" klubi bo'lgan edi.
Fikrlar