“Napoli” 1986 yilgi rekordini takrorladi. O'shanda jamoada Maradona o'ynagan
24 okt 2022 08:50
Yangiliklar
“Napoli” 1986 yilgi rekordini takrorladi. O'shanda jamoada Maradona o'ynagan
A Seriya 11-turida “Napoli” safarda “Roma”ni 1:0 hisobida taslim etishga erishdi.
Luchano Spaletti shogirdlari barcha musobaqalarda qatorasiga 11 o'yindan beri g'alaba qozonib kelmoqda. Jamoa mazkur seriya bo'yicha o'z rekordini takrorladi. Bunday natija oxirgi marta 1986 yil Diego Maradona “Napoli”da o'ynaganida qayd etilgandi. O'shanda “Napoli” apreldan sentyabrga qadar 11 ta uchrashuvda muvaffaqiyat qozongan.
Neapolliklar ayni vaqt A Seriya turnir jadvalida 29 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda.
Fikrlar