So’nggi yangiliklar

12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  5 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  1 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  3 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  17 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  3 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  13 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  7 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  4 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  23 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  114 00:50Ямал жароҳати туфайли "Ньюкасл"га қарши ўйнамайди  2

Namanganda penalti bormidi? Yangiliklar

Namanganda penalti bormidi?

Coca-Cola Superliganing 19-turi ham bahsli vaziyatlarga boy bo'lyapti.

Navbahor

Zoran Marushich - 60'

Superliga. 19-tur

16/09/2022, 18:30

0
:
1
Tugadi

Qizilqum

45'
90'
16'  Yovan ZHokich
32'  Mirlan Murzaev (Zoran Marushich)
60'  Zoran Marushich
60'  Jamshid Iskanderov
70'  ZHasur YAxshiboev (Doniyor Abdumannopov)
72'  Rustam Ashurmatov
82'  Zoran Marushich (Aleksandr Kasyan)
4'  Artyom Dmitriev
63'  Artyom Dmitriev (Azizbek Usmonov)
80'  Shuhrat Muhammadiyev (Orifxo'zha Abduxoliqov)
80'  Salim Mustafoyev (Dilshod Jo’rayev)
88'  Aleksandar Stanisavlevich (Davron Anvarov)

Ayniqsa, Namangandagi uchrashuvning 85-daqiqasida sodir bo'lgan epizod va "Qizilqum" murabbiyining reaksiyasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. 


Butun o'yinni tahlil qilsak, "bir maromda suzib ketayotgan kema soniyalar ichida yonib ketgandek" ko'rinadi. O'sha vaziyatda penalti bormidi? "Ha" bo'lsa, nega berilmadi? "Yo'q" bo'lsa, nima uchun?

SHunday savollarga javob topishga harakat qilib ko'rdik. Quyida FIFA (sobiq) referisi, OFK instruktori va boshqa masullardan olingan fikrlarni keltiramiz. Malum sabablar bilan ularning shaxsi oshkor qilinmaydi.

Maydonda nima bo'ldi?

Azizbek Usmonov o'ng qanotdan jarima maydoni markaziga uzatgan to'p Azim Ahmedovning qo'liga tegdi. Uchrashuvni boshqarayotgan Abdurashid Xudayberganov unga qadar Orifxo'ja Abduxoliqov havodagi kurashda himoyalanayotgan futbolchiga nisbatan qoidani buzganini qayd etib, "Navbahor" foydasiga jarima zarbasi belgiladi. 


Vaziyatga VAR xonasida o'tirgan Firdavs Norsafarov aralashib, bosh hakamni monitor yoniga chaqirdi. Ammo Xudoyberganovning qarori o'zgarishsiz qoldi. Bu navoiylik futbolchilar hamda serbiyalik murabbiyning keskin noroziligiga sabab bo'ldi.

"Qizilqum" forvardi rostan ham qoidani buzdimi? 

Agar Abduxoliqovlarning kichigi havodagi kurashda qo'pollik ishlatgan bo'lsa, Xudoyberganovning qaroriga etiroz bo'lishi mumkin emas. Ammo bu borada tajribali mutaxassislarning fikri bir joydan chiqmayapti. 

O'zbekistonning eng yaxshi hakamlaridan biriga shu savol bilan murojaat qildik. Dastlab, translyaciyada ketgan kadr bilan xulosa bera olmasligini aytgan qahramonimiz boshqa rakurslarni ko'rganidan keyin javob qaytardi: "Rostan futbolchilar havoga sakraganida "Qizilqum" vakili "Navbahor" himoyachisining elkasiga osilgan ekan. To'p qo'lga tegmasidan, o'yin qoidasi buzilgan. Hakam shuni inobatga olib, mezbonlar foydasiga jarima belgiladi".

Bu haqda telegramdagi kanalimda yozganimdan keyin "shu vaziyat penalti bo'lmasa, kesib tashlashini" aytgan referi ham topildi. 

"Agar Azim bilan ro'y bergan vaziyat 11 metrli nuqtani ko'rsatish uchun asos topilmasa, futbol qoidalarini darhol o'zgartirish va qo'l bilan o'ynash uchun ruhsat berish kerak", — deydi boshqa bir qahramonimiz. 

U ayni paytda xulosa qilish uchun ajoyib argumentni ham  o'rtaga tashladi: Futbolchilarning o'rnini almashtiraylik. To'p Orifxo'janing qo'liga tegsayu Azim uning orqasidan harakatlangan bo'lsa, hakam Ahmedov qoidani buzgani uchun penalti qo'ya olarmidi? 

Sizning fikringiz qanday?..

Davomi "FR| futbol ANALIZI" kanalida elon qilinadi

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика