So’nggi yangiliklar

23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1

Namangan futboli tub islohot ostonasida. Xayrulla Hayitboevichning yangi loyihasi Yangiliklar

Namangan futboli tub islohot ostonasida. Xayrulla Hayitboevichning yangi loyihasi

Kuni kecha Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida "Odil Cup-2019" musobaqasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevichning shaxsan o'zi ishtirok etdi.

Etiborlisi shundaki, taqdirlash marosimi yakuniga etgach Namangan viloyatining barcha tuman hokim o'rinbosarlari, viloyat moliya boshqarmasi vakillari, viloyat sport boshqarmasi boshlig'i, viloyat 2-liga ishtirokchilari murabbiylari, viloyati BO'SM direktor va futbol murabbiylari qatnashdilar. Bunday tadbir O'zbekistonda ilk marotaba Namanganda bo'lib o'tdi. 

Tahliliy-tanqidiy yig'ilish davomida Xayrulla Hayitboevich so'nggi yillarda Namangan futbolidagi og'riqli muammo - bolalar futboliga keng to'xtalib o'tdi. Namanganda bo'lib o'tayotgan musobaqada poytaxt klubi Farg'ona viloyati jamoasi bilan o'ynaganidan uyalishi kerakligi, shuncha namanganlik yoshlar imkon qidirib poytaxtga ketib qolayotganini kuyunib gapirdi. 

"Qachon Namangan viloyatini yana kuchlilar qatoriga olib chiqamiz, qachonki poydevorni mustahkamlasak. Birlashadigan payt kelmadimi? Nima uchun viloyat 2-liga musobaqasi saviyasi tushib ketdi. Arzimagan xarajatga ega musobaqaga bazi tumanlar jamoa qo'ymadi, nega? Bunday ahvolda qanday qilib "Navbahor"ni TOP jamoaga aylantiramiz. Har yili yangidan xarajat qilinadi, yangidan o'yinchilar olinadi. O'zimizning bolalar qani? BO'SM murabbiylarining malakasi tushib ketgan, direktorlar ularning ustida ishlamay qo'ydi", - deya kuyinib gapirdi hokim.

Hokim Namangan futbolining 10 yillik dasturini ommaga taqdim qildi. Dastur quyidagi bo'limlar asosida ketma-ketlikka ega.


NAMANGANDA 2019-2029 YILLARGA MO'LJALLANGAN HUDUD FUTBOLINI RIVOJLANTIRISH DASTURI

1. VILOYAT FUTBOL FEDERACIYASINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI

2. SHAHAR VA VILOYAT BIRINCHILIGI

3. NAMANGAN MODELINI YARATISH

4. MURABBIYLAR MALAKASINI OSHIRISH 

5. BO'SM, IBO'SM, INTERNAT-LICEY VA KOLLEJ 

6. 2-LIGA va “NAVBAHOR” O'RINBOSARLARI 

7. ASOSIY TARKIB

Dastur asosida 2 oy davomida Namangan futboli monitoring qilinadi. Har bir shahar, har bir tuman va har bir qishloqdagi maktablarda endi selekciya ishlari olib boriladi. Bu borada Namangan futbolining yaqin o'tmishdagi yulduzi SHuhrat Mirxoldirshoevga katta topshiriq berildi. 20 avgustga qadar barcha namanganliklar kelishgan holda yakuniy ish rejasini taqdim etishlari kerak bo'ladi. 

O'z navbatida O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham viloyatda futbolni rivojlantirish yo'lida qo'lidan kelgan barcha yordamni ayamasligini takidlab o'tdi.

2019 - 2020 (kuz - bahor) mavsumida o'zini har tomonlama yaxshi ko'rsatgan 3 nafar BO'SM mamuriga xorijga dam olish uchun chipta taqdim etilishi malum bo'ldi. Rag'bat orqali, BO'SM faoliyatlarini yana avvalgi holatiga olib chiqish bosh maqsad. Endi Respublikadagi eng yaxshi musobaqalarga Namangan viloyati mezbonlik qiladi va bu ishlarga Odil Ahmedov homiylik qiladi. Har yili eng yaxshi namanganlik bolalar murabbiylari xorijda tashkil qilinadigan saviyali musobaqalarga malaka oshirgani yuboriladi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика