Nahotki! OAV: Ikardi "Real" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2018, 16:31
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi "Real" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Bu haqda "Daily Express" xabar berdi. 24 yoshli o'yinchi shu haftada "Qirollik klubi" tarkibini to'ldirishi mumkin. Kelishuv 110 million evroga baholanmoqda.

Shu o'rinda, madridliklar ustozi Zinedin Zidan argentinalikni sotib olishni qo'llamayapti va jamoaning asosiy forvardi Karim Benzemaga ishonishda davom etmoqchi.

Joriy mavsum Ikardi "Inter" uchun barcha musobaqalarda 22ta o'yin o'tkazdi va 18ta gol urib, bitta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Express