So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Nagoya shahri delegaciyasi O'zbekiston futbol associaciyasida bo'ldi Yangiliklar

Nagoya shahri delegaciyasi O'zbekiston futbol associaciyasida bo'ldi

Ayni kunlarda Yaponiyaning Nagoya shahri delegaciyasi yurtimizda bo'lib turibdi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasida qator uchrashuv va tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida Nagoya shahri delegaciyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda O'zbekiston va Yaponiya mamlakatlarining futbol sohasida ham yaqindan hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash, bolalar futboli, futzal, ayollar futboli bo'yicha birgalikda loyiha va dasturlar amalga oshirish, turli yosh toifalari o'rtasida musobaqalar tashkil etish, futbolning turli yo'nalishlari bo'yicha o'zaro tajriba almashish, o'zbekistonlik mutaxassislarning Yaponiyaga malaka oshirish uchun borishlari kabi masalalar muhokama etildi.

Ikkitomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov mutaxassislarimizning ish salohiyatini oshirish uchun yapon tajribasini o'rganish muhim ekanini aytib o'tdi:

- Hakamlik faoliyatim davomida Yaponiyada ko'p marotaba bo'lganman. Yapon mutaxassislarining o'z kasbiga bo'lgan munosabati, ularning o'z ishga puxta yondashishi, tashkiliy masalalarda juda ham professional ekanliklari taqsinga loyiq, aynan shuning uchun ham Yaponiya futboli bugungi kunda shunday yuqori saviyaga chiqdi. O'zaro hamkorligimiz doirasida o'zbekistonlik futbol mutaxassislarini Yaponiyaga malaka oshirish uchun yuborib, yapon tajribasini o'rganishga harakat qilamiz. O'zaro hamkorlik kelajakda ikki tomon uchun ham foydali bo'lishiga ishonamiz, - deya takidladi O'FA Birinchi vice-prezidenti.

O'z navbatida yaponiyalik mutaxassislar mehmondo'stlik va iliq munosabatdan mamnun ekanliklarini bildirib, aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini, bu borada endilikda izchil ravishda ish olib borilishini takidlashdi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика