Nagelsmann barcha raqiblarini mag'lub etmoqda
15 dek 2019 09:54
Yangiliklar


Nagelsmann barcha raqiblarini mag'lub etmoqda
“RB Leypcig” jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Bundesligadagi o'zi to'qnash kelgan 24 ta jamoani ham mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Nagelsman mag'lub eta olmagan so'nggi jamoa Dyusseldorfning “Fortuna” klubi edi. Kecha “RB Leycpig” Bundesliga doirasida safarda “Fortuna”ni yirik hisobda taslim etdi -3:0.
32 yoshli Nagelsmann ushbu yildan boshlab “RB Leypcig”ni boshqarib kelmoqda. Ilgari u “Xoffenxaym”da ishlagan.
“RB Leypcig” 15 uchrashuvda 33 ochko jamg'arib Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar