Nabil Malul "Al Jaish"ning yangi bosh murabbiyi
22 jan 2014 11:27
Yangiliklar


Nabil Malul "Al Jaish"ning yangi bosh murabbiyi
Avvalroq ruminiyalik Razvan Lucheskuni ishdan bo'shatgan "Al Jaish" klubi rahbariyati tunislik Nabil Malulni bosh murabbiy lavozimiga taklif etdi.
1962 yilda tavallud topgan mutaxassis futbolchilik faoliyatida "Tunis", "Gannover", "Bizert", "Afrikan" va "Al Ahli" klublarida ishlagan. Tunis milliy terma jamoasida 11 uchrashuvda maydonga tushgan. Murabbiylik faoliyatida "Tunis" klubi va milliy terma jamoada ishlagan. Oxirgi paytlarda milliy terma jamoani boshqarib kelayotgandi. Endi tajribali murabbiy "Al Jaish"ni boshqarishga kirishdi. "Nasaf"ning OCHL saralash bosqichidagi raqibi vaziyatni o'nglash uchun shunday qarorga keldi.

Fikrlar