Myuller - "RB Leypcig" bilan durang haqida: "Achinarli natija"
12 may 2019 19:50
Yangiliklar


Myuller - "RB Leypcig" bilan durang haqida: "Achinarli natija"
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Bundesliganing 33-turi doirasida "Leypcig"ga qarshi o'yindan (0:0) so'ng fikr bildirdi.
Eslatish kerak, myunxenliklar Bundesligani muddatidan avval yutishiga ularning ochko yo'qotishti va "Borussiya D"ning "Fortuna" ustidan qozongan (3:2) g'alabasi to'sqinlik qildi.
"Fikrimcha, "Bavariya" ikkinchi bo'limda mazmunli o'yin namoyish etdi. Ushbu o'yinga g'alaba qozonish uchun kelgandik, ammo gol ura olmadik. Bu so'zsiz achinarli natija. CHunki, mavsumning eng yashi o'yinlaridan birini o'tkazdik. Kelgusi hafta o'z maydonimizda ham xuddi shu tarzda o'ynashimiz kerak. Bizni final kutmoqda", — deya Myullerning so'zlarini keltiradi "Bavariya" klubining rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar