MYUga qarshi bahsda jarohat olgan "Aston Villa" forvardi qancha muddatga safdan chiqqani malum qilindi
02 dek 2019 20:55
Yangiliklar


MYUga qarshi bahsda jarohat olgan "Aston Villa" forvardi qancha muddatga safdan chiqqani malum qilindi
"Old Trafford"da bir ochkoga ega chiqqan "Aston Villa" asosiy futbolchilaridan birining xizmatlaridan vaqtinchalik foydalana olmaydi.
"Aston Villa" forvardi Anvar El-Gazi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin vaqtida tizzasidan jarohatlangandi. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va shifokorlar uni kamida 2 hafta maydonga tushmasligini aytishdi.
24 yoshli gollandiyalik futbolchi ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 13 o'yinda 4 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar