MYUga "Atletiko" futbolchisi kerak
20 mar 2020 22:22
Yangiliklar
MYUga "Atletiko" futbolchisi kerak
"Manchester Yunayted" Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Toma Lemarga qiziqish bildirmoqda.
ESPN telekanali malum qilishicha, ingliz klubi mutasaddilari o'tgan hafta 24 yoshli franciyalik futbolchining agentlari bilan uchrashgan.
Takidlanishicha, "Atletiko"ning o'yin uslubiga mos kelmayotgan vingerning o'zi ham jamoani tark etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Lemar "Atletiko"ga 2018 yilning yozida Franciyaning "Monako" klubidan 70 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. Futbolchining "matraschilar" jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuliga qadar mo'ljallangan. Bugungi kunda uning transfer qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar